Notice: Trying to access array offset on value of type null in /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-content/mu-plugins/index.txt on line 1 Call Stack: 0.0000 361016 1. {main}() /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/index.php:0 0.3250 363984 2. require('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-blog-header.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/index.php:19 0.3250 364368 3. require_once('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-load.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-blog-header.php:13 0.3250 364432 4. require_once('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-config.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-load.php:50 0.3250 365840 5. require_once('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-settings.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-config.php:83 0.4053 11629488 6. include_once('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-content/mu-plugins/index.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-settings.php:442 0.4054 11630504 7. include('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-content/mu-plugins/index.txt') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-content/mu-plugins/index.php:1
30 avgust kuni Huawei kompaniyasining “Seed for the Future 2023” loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi. Marosimda Tashkent International University of Education rektori Nosir Xo‘jayev ham ishtirok etdi.
Loyihada ishtirok etish uchun ariza topshirish joriy yilning iyun oyida O‘zbekistonning 11 ta oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun boshlangan edi. Tanlov natijalariga ko‘ra 15 nafar talaba yakuniy suhbatdan eng yaxshi natijalar bilan o‘tdi.
Loyiha ishtirokchilari orasida Tashkent International University of Education talabasi Kamila Nazarova ham bor. U O‘zbekistonning 7 ta oliy o‘quv yurtidan 14 nafar talaba bilan birgalikda u Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 15 ta davlatidan loyiha ishtirokchilari bilan birgalikda IT yoʻnalishlarida tahsil olish uchun Qatarga boradi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov loyiha ishtirokchilarini Dohaga safari oldidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular bilan suhbatlashdi va yurtimizda IT sohasini rivojlantirishda va dunyoga tanitishda loyihaning maqsadi va vazifasi, kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Seeds for the Future” – Huawei kompaniyasining global dasturi bo‘lib, korporativ ijtimoiy mas’uliyatni bajarish doirasida amalga oshiriladi. Ilk bor 2008-yilda Tailandda yo‘lga qo‘yilgan ushbu loyiha AKT sohasida mahalliy istе’dodlarni rivojlantirishga, ularning bilim va dunyoqarashini kеngaytirishga, istе’dodli yoshlar orasida tеlеkommunikatsiya tarmoqlariga bo‘lgan bilimni chuqurlashtirish va qiziqishlarini kеngaytirishga yo‘naltirilgan, u shuningdеk mintaqaviy o‘zaro aloqalarni va raqamli jamiyatdagi ishtirokni yanada yaxshilash va qo‘llab-quvvatlashga yordam bеradi. “Seeds for the Future” loyihasi O’zbekistonda 8 yildan beri amalga oshirib kelinmoqda.