BAKALAVRIAT

BIZNES BOSHQARUVI

DASTURNING MALAKAVIY MAQSADLARI

«Biznes boshqaruvi» dasturi bo‘yicha o‘qitishning maqsadi talabalarda milliy va xalqaro miqyosdagi turli kompaniyalar va tashkilotlarda kasbiy faoliyat olib borishda karyera uchun asosiy baza yaratishda biznes boshqaruvi sohasida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

«Biznes boshqaruvi» sohasidagi bakalavriat dasturining o‘quv, uslubiy va ilmiy mazmuni iqtisodiyot va buxgalteriya, moliya va marketing, mamlakatimiz va jahon miqyosida ro‘y berayotgan bozor jarayonlari, personal va turli biznes-jarayonlarni boshqarish hamda moliyaviy qarorlarni qabul qilish va biznes-tahlili sohalarida bilimlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan turli modullarni o‘z ichiga oladi

Ta’lim tili: INGLIZ / O‘ZBEK / RUS

O‘qish kunlari:

  • Kunduzgi ta’lim: Dushanbadan – Shanbagacha
  • Sirtqi talim: Semestr davomida onlayn darslar (kechki payt) va har semestr oxirida TIUEda 2 haftalik kunduzgi darslar.

O‘qishni tugatgandan so‘ng, “BIZNES BOSHQARUVI” (TIUE) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomi beriladi.

Malaka tuzilmasi 26ta majburiy modullardan iborat, ularning umumiy malaka olish uchun hajmi 480 kreditni tashkil etadi.

Ta’lim davomiyligi:

  • kunduzgi ta’lim –
    3 o‘quv yili (oktabrdan iyungacha). 
    Mashg’ulotlar kunduzi ma’ruza, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, mahorat darslari va ishlab chiqarish amaliyoti shaklida olib boriladi.
  • sirtqi ta’lim –
    4 o‘quv yili (oktabrdan iyungacha).
    Sirtqi ta’lim dasturi semestr davomida onlayn mashg‘ulotlar ko‘rinishidagi masofaviy ta’limdan, shuningdek, har bir semestr oxirida ikki haftalik kunduzgi mashg‘ulotlardan iborat.

“Siz qanchalik ko‘p o‘rgansangiz, shuncha ko‘p pul topasiz” - Uorren Baffet!

USHBU DASTURNI TANLASH SABABLARI

YETAKCHILIK

Kuchli raqobatbardosh biznes dunyosida kuchli yetakchilar doimo talabga ega. Biznes boshqaruvini o‘rganish jarayonida ega bo‘ladigan ko‘plab ko‘nikmalardan biri bu yetakchilikdir. Biznesni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shish uchun boshqalarni motivatsiyalash muvaffaqiyat uchun muhim ahamiyatga ega. «Biznes-boshqaruvi» sohasida bakalavr darajasiga ega bo‘lsangiz, siz samarali muloqotni olib borish, turli biznes muammolarini tahlil qilish va hal qilish uchun tanqidiy fikrlashni qo‘llash, zamonaviy biznesda global va moliyaviy masalalarni hal qilish qobiliyatlariga ega bo‘lasiz.

MULOQOT KO‘NIKMALARI

Yetakchilik uchun muloqot ko‘nikmalari katta ahamiyatga ega. Ushbu dastur doirasida kreativ yondashuv, faol, qat’iyatli bo‘lish, turli nuqtai nazarlarni qo‘rib chiqish, ijobiy tildan foydalanish kabilarni o‘z ichiga olgan muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lasiz. Mahsulotlarni taqdim etish yoki muzokaralarni olib borishda qanday qilib muloqotga kirishishga o‘rganasiz. Bundan tashqari, siz jamoa a’zolari va xodimlar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmasini o‘zlashtirasiz.

TAN OLINGAN OLIY MA’LUMOT TO‘G‘RISIDAGI DIPLOM

Bakalavr bosqichini tugatgandan so‘ng, bitiruvchilar tegishli kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgach ikki tomonlama diplomga (faqat ingliz tilida ta’lim oluvchilar uchun) ega bo‘lish, ularga kelajakdagi faoliyatida raqobatdosh ustunlik beradi va dunyoning istalgan davlatida o‘qishni davom ettirish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 31-moddasiga binoan, litsenziyaga ega nodavlat oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining diplomlari O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat oliy ta’lim muassasalari diplomi bilan teng tan olinadi (https://lex.uz/uz/docs/-5013007https://tiue.uz/https://stat.edu.uz/Univer-list.php 8-band)

Ta’limni muvaffaqiyatli yakunlab, talabalar «Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» sohasida TIUEning bakalavr diplomi va OTHM diplomiga (faqat ingliz tilida ta’lim oluvchilar uchun) ega bo‘ladilar.

KARYERA IMKONIYATLARI

Ushbu dastur sizga keng ko‘lamdagi karyera imkoniyatlarini imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu dastur biznes boshqaruvi asoslari, shu jumladan menejment, moliya, buxgalteriya hisobi, marketing, sotuvlar va mijozlar bilan aloqalar, menejment, inson resurslarini boshqaruvi, biznes-ma’lumotlarni tahlil qilish kabi sohalarda kasbiy faoliyat uchun yo‘l ochadi. Bundan tashqari, siz kouching, biznes-trening, shaxsiy o‘sishga o‘rgatish va biznes-konsultatsiya uchun pedagogik ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

Bu imkoniyatlarning barchasi sizning netvorking ko‘nikmalaringiz va qo‘shimcha sertifikatlar va kurslardan foydalanish bilan birga, martaba ko‘tarilishiga yordam beradi. Mutaxassislik bo‘yicha faoliyat olib borishingiz uchun bir nechta misollar:

– Tadbirkor;

– Marketolog;

– Loyihani ishlab chiqish va boshqarish bo‘yicha mutaxassis;

– Biznes-tahlilchi;

– Xalqaro savdo va elektron tijorat bo‘yicha mutaxassis;

– Kadrlar bo‘yicha mutaxassis;

– Biznes boshqaruvi o‘qituvchisi.

– Biznes boshqaruvi o’qituvchisi.

OTHM QUALIFICATION (BUYUK BRITANIYA)

OTHM – bu Buyuk Britaniyaning ta’lim malakalarini berish hamda “Ofqual” (Malakalar va imtihonlarni tartibga solish boshqarmasi) tomonidan tartibga soluvchi tashkilot. OTHM turli yo‘nalishlar bo‘yicha Buyuk Britaniya malakalarini taqdim etuvchi butun dunyo bo‘yicha ko‘p sonli markazlar va universitetlar tarmog‘iga ega.
TIUE universiteti OTHM bilan butun dunyoda tan olingan Buyuk Britaniyaning malaka talablari bilan kengaytirilgan ta’limni taqdim etish bo‘yicha rasmiy shartnomaga ega. TIUE ushbu bakalavriat yo‘nalishi uchun Britaniya standartlari bo‘yicha ta’lim olish va har bir muvaffaqiyatli yakunlangan daraja uchun OTHM diplomini olish imkoniyatini beruvchi maxsus dasturni taklif etadi.
OTHM haqida ma’lumot https://othm.org.uk/ saytida mavjud.
Mavjud OTHM malakalari haqida ma’lumotni https://othm.org.uk/qualification havolasidan olishingiz mumkin

Ushbu dastur bo‘yicha ta’lim olib, Siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:

  • Butun dunyo bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish uchun ko‘proq mobillikni beruvchi dasturning har bir yili uchun OTHM diplomi;
  • Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarning top-universitetlarida magistratura dasturi yoki MBAda ta’limni davom ettirish uchun qulay imkoniyat;
  • OTHM tomonidan taqdim etilgan akademik dasturlar va o‘quv rejalar;
  • O‘quv jarayoni va imtihonlar OTHM tomonidan nazorat qilinadi.

Ta’lim tili – ingliz tili, oliy ma’lumot haqida diplom OTHM (Buyuk Britaniya) va TIUE tomonidan taqdim etiladi.

MALAKALI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR JAMOASI

Barcha TIUE professorlari o‘z faniga ishtiyoq bilan qarashadi va buni o‘z talabalariga yetkazishni xohlashadi. Professor va o‘qituvchilarimiz uchun ular bilan noma’lumlikka sho‘ng‘ishga tayyor bo‘lgan talabalarga dars berishdan ko‘ra qiziqroq narsa yo‘q. Ehtirosli va fidoyi o‘qituvchilar qiziquvchan talabalarga kelajak uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar, ishonch va bilimlarni berishga intiladi. Bizning o‘qituvchilarimiz kompaniyalarda va ilmiy tadqiqotlarda katta tajribaga ega haqiqiy ekspert va amaliyotchilardir.

Bizning Professorlarimiz talabalarga nafaqat birinchi ishi uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘rgatish, balki ularni har qanday yo‘lga, har qanday kelajakka va har qanday qiyinchilikka tayyorlashga intiladi.

Doktor Devid Tompson ,
“Biznes boshqaruvi” kafedrasi yetakchi professori,
Falsafa doktori (PhD) darajasi – Kornel universiteti, AQSH, 1987-yil

TA’LIM BOSQICHLARI

BIRINCHI KURS

Ushbu bosqichdagi modullar talabalarda biznesni boshqarish, biznes aloqalarini boshqarish, biznes muhiti tushunchasi va global kontekstda tashkil etish usullari, biznes funktsiyalari tushunchasi, biznesni boshqarish sohasidagi fundamental ko‘nikmalar va bilimlarni, shu jumladan, inson resurslarini boshqarish, raqamli usullarni qo‘llash va biznesda tadqiqotlar, menejerlar uchun moliyani o‘rganish, akademik va tadqiqot qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.

IKKINCHI KURS

O‘zlashtirilgan bilimlar va ko‘nikmalarni inson resurslari boshqaruvi, loyihalar boshqaruvi, biznes-menejment uchun buxgalteriya hisobi va marketing, startap-loyihalar, bozorga chiqish konsepsiyasi va biznes-etika asoslarini o‘rganish orqali kengaytirish. Ushbu sohalarda bilimlarning fundamentalligi ta’minlash uchun ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.

UCHINCHI KURS

Mavjud bilimlar, ko‘nikmalar va kompetensiyalarni inson resurslarining strategik boshqaruvi, jarayonlar va biznes-ma’lumotlarni boshqarish, ma’lumotlar tahlili, moliyaviy qarorlarni qabul qilish, yetakchilik ko‘nikmalarni rivojlantirish, raqamli marketing va elektron tijoratni chuqur o‘rganish asosida takomillashtirish. Ushbu darajada talabalar biznesni boshqarish bo‘yicha loyihani tayyorlashadi.

O'QUV REJA

Kunduzgi ta'lim

1-KURS
1-Semestr
1) Akademik yozuv va tadqiqot ko‘nikmalari (20 kredit)
2) Buxgalteriya hisobi va Iqtisodiyotga kirish (10 kredit)
3) Korxonalar xo‘jalik faoliyati (20 kredit)
4) Yetakchilik va jamoalarni boshqarish (20 kredit)

2- Semestr
5) Biznesning dunyo hamjamiyatidagi faoliyati (20 kredit)
6) Moliya va buxgalteriya hisobi (20 kredit)
7) Biznesda muloqot (20 kredit)
8) Matematika asoslari (20 kredit)
9) Marketingga kirish (10 kredit)

2- KURS
3- Semestr
1) Inson resurslarini boshqarish (20 kredit)
2) Loyihalar boshqaruvi (20 kredit)
3) Boshqaruvchi buxgalteriya hisobi va qaror qabul qilish (20 kredit)
4) Pedagogika va psixologiya (10 kredit)

4- Semestr
5) Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (20 kredit)
6) Boshqaruvchi marketinggi (20 kredit)
7) Menejerlar uchun biznes qonuni (20 kredit)
8) Biznes etikasi (10 kredit)
9) Biznes startap, Biznesni boshlash, Bozorga chiqish konseptsiyasi (20 kredit)

3- KURS
5- Semestr
1) Jarayonlarni boshqarish (20 kredit)
2) Moliyaviy qarorlar qabul qilish (20 kredit)
3) Inson resurslarini strategik boshqarish (20 kredit)
4) Biznes ma’lumotlarini boshqarish va tahlil (20 kredit)

6- Semestr
5) Biznes tadqiqot loyihasi (20 kredit)
6) Liderlik va inson boshqaruvi (20 kredit)
7) Barqaror biznes amaliyotlari (10 kredit)
8) Elektron kommersiya va marketing (10 kredit)
9) O‘quv-ishlab-chiqarish amaliyoti (20 kredit)

Sirtqi ta'lim

1-KURS
1-Semestr
1) Akademik yozuv va tadqiqot ko’nikmalari (20 kredit)
2) Buxgalteriya hisobi va Iqtisodiyotga kirish (10 kredit)
3) Korxonalar xo’jalik faoliyati (20 kredit)
4) Matematika asoslari (20 kredit)

2- Semestr
5) Yetakchilik va jamoalarni boshqarish (20 kredit)
6) Biznesning dunyo hamjamiyatidagi faoliyati (20 kredit)
7) Moliya va buxgalteriya hisobi (20 kredit)

2- KURS
3- Semestr
1) Marketingga kirish (10 kredit)
2) Biznesda muloqot (20 kredit)
3) Inson resurslarini boshqarish (20 kredit)

4- Semestr
4) Loyihalar boshqaruvi (20 kredit)
5) Boshqaruvchi buxgalteriya hisobi va qaror qabul qilish (20 kredit)
6) Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (20 kredit)

3- KURS
5- Semestr
1) Pedagogika va psixologiya (20 kredit)
2) Boshqaruvchi marketinggi (20 kredit)
3) Menejerlar uchun biznes qonuni (20 kredit)

6- Semestr
4) Biznes startap; Biznesni boshlash; Bozorga chiqish kontseptsiyasi (20 kredit)
5) Jarayonlarni boshqarish (20 kredit)
6) Biznes etikasi (20 kredit)

4- KURS
7- Semestr
1) Inson resurslarini strategik boshqarish (20 kredit)
2) Biznes ma’lumotlarini boshqarish va tahlil (20 kredit)
3) Moliyaviy qarorlar qabul qilish (20 kredit)

8- Semestr
4) Liderlik va inson boshqaruvi (20 kredit)
5) Barqaror biznes amaliyotlari (10 kredit)
6) Biznes tadqiqot loyihasi (20 kredit)
7) Elektron kommersiya va marketing (10 kredit)

Eslatma.
Barcha kreditlar Buyuk Britaniya ta’lim tizimiga asoslangan. O‘qitish tiliga qarab, O‘quv rejasida ozgina farqlar bo‘lishi mumkin. Universitet O‘quv rejasiga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.

PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI Batafsil ma’lumot ›

PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI Batafsil ma’lumot ›

Rasulev Dilmurod Mirza-Axmedovich,
“Biznes boshqaruvi” kafedrasi professori
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2004-y.

Maxmudova Gulnora Mannapovna,
“Biznes boshqaruvi” kafedrasi dotsenti
Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD) – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Iqtisodiyot instituti, 1990-y.

Gerson Lapid Jr,
“Biznes boshqaruvi” kafedrasi o‘qituvchisi,
International Foundation dasturi direktori,
Ta’lim va innovatsiyalar sohasida magistr darajasi – Toshkentdagi Webster universiteti, 2023-yil

Yulduzxon Abdullayeva
“Biznes boshqaruvi” kafedrasi o‘qituvchisi,
Biznes boshqaruvi magistri (MBA) – Sanderlend universiteti (Buyuk Britaniya), 2018-yil

O‘QISH UCHUN TO‘LOV

O‘quv yili uchun

*) Xorijiy talabalar O‘zbekiston hududida ta’lim uchun to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan to‘lov kuni holatida belgilangan kurs bo‘yicha AQSH dollarida amalga oshirishadi. O‘zbekiston hududining tashqarisida to‘lov AQSH dollarida belgilangan summada amalga oshiriladi.

QABUL TALABLARI

O‘QISHNING BIRINCHI YILIGA QABUL

Kerakli hujjatlar:

  • Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
  • 3×4 o‘lchamdagi fotosurat, oq fonda

Akademik talablar:

Ichki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish:

matematika;

tanlangan ta’lim tili bo‘yicha tilni bilish (o‘zbek yoki rus yoki ingliz yoki IELTS 5.0 sertifikati va undan yuqori YOKI ekvivalenti) ichki imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish.

INGLIZ TILIDAGI TA’LIM DASTURIGA QABUL - "YEAR 1"

Kerakli hujjatlar:

  • 12 yillik (9+3) taʼlimni tasdiqlovchi hujjat (ilovasi bilan sertifikat/diplom) YOKI Xalqaro International Foundation (IFP) sertifikati YOKI mahalliy/xorijiy universitetning birinchi yilini tamomlaganligini tasdiqlovchi hujjat
  • Pasport / ID-identifikatsiya kartasi nusxasi
  • 5×5 o‘lchamdagi fotosurat, oq fonda

Akademik talablar:

Ichki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish:

matematika;

tanlangan ta’lim tili bo‘yicha tilni bilish (o‘zbek yoki rus yoki ingliz yoki IELTS 5.5 sertifikati va undan yuqori YOKI ekvivalenti) ichki imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish.

TIUE dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun abituriyentlar FAQAT UNIVERSITETNING RASMIY SAYTI ORQALI ONLAYN ARIZANI TOPSHIRISHLARI LOZIM (www.tiue.uz)

Siz biznes sohasida qobiliyatli lider bo‘lish, taniqli kompaniyalarda o‘z biznes-loyihangizni yoki karyerani boshlashni xohlaysizmi?
Unda «BIZNES BOSHQARUVI» dasturiga ariza topshiring!