UNIVERSITET HAQIDA
TIUE nima?
Tashkent International University of Education (TIUE) — Toshkent shahridagi zamonaviy xalqaro universitet bo‘lib, amaliy ko‘nikmalar, karyera rivoji va xalqaro ta’lim standartlariga yo‘naltirilgan bakalavriat hamda magistratura dasturlarini taklif etadi.
Ta’lim jarayoni mehnat bozori talablariga mos ravishda tashkil etilgan bo‘lib, dasturlar zamonaviy ta’lim tendensiyalari asosida ishlab chiqilgan.
Qanday ta’lim yo‘nalishlari mavjud?
Universitetda bakalavriat va magistratura bo‘yicha turli yo‘nalishlar mavjud.
Dasturlar zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni qamrab olib, talabalarga muvaffaqiyatli karyera qurish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni beradi.
BAKALAVRIAT YO‘NALISHLARI
- Amaliy matematika
- Filologiya va tillarni o‘qitish
- Ta’lim va o‘quv jarayonlarini boshqarish
- Axborot texnologiyalari
- Kiberxavfsizlik
- Biznes menejmenti
- Buxgalteriya hisobi va biznes
MAGISTRATURA YO‘NALISHLARI
- Pedagogik nazariya va tarix (MSc)
- Ta’lim muassasalarini boshqarish (MBA)
- Data Science / Ma’lumotlar tahlili (MSc)
- Buxgalteriya hisobi va moliya (MSc)
Ta’lim qaysi tilda olib boriladi?
Ta’lim quyidagi tillarda olib boriladi:
- o‘zbek tilida
- ingliz tilida
- rus tilida
Ta’lim tili tanlangan dasturga bog‘liq. Shuningdek, talabalar o‘qish davomida ingliz tilini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Xalqaro imkoniyatlar bormi?
Ha, universitet xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Bu talabalarga xalqaro dasturlar, almashinuv loyihalari va qo‘shimcha ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi.
TIUE’ga qanday topshirish mumkin?
Qabul jarayoni juda qulay va sodda.
U 3 bosqichdan iborat:
- Sayt yoki Telegram orqali ariza qoldirish
- Kerakli hujjatlarni topshirish
- Kirish imtihonidan o‘tish
Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng siz o‘qishga qabul qilinganingiz haqida tasdiq olasiz.
Hujjatlarni onlayn topshirish mumkinmi?
Ha, butun qabul jarayonini masofadan turib amalga oshirish mumkin.
Siz:
- hujjatlarni onlayn yuborishingiz
- konsultatsiya olishingiz
- ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin
Bu ayniqsa boshqa hududdagi abituriyentlar uchun juda qulay.
Hujjatlar qabuli qachon boshlanadi?
Hujjatlar qabuli har yili o‘quv yili boshlanishidan oldin amalga oshiriladi.
Quyidagilarga ulgurish uchun oldindan ariza topshirish tavsiya etiladi:
- hujjatlarni rasmiylashtirish
- grant yoki chegirmalardan foydalanish
👉 Konsultatsiya: +998 55 512 20 20
👉 Telegram: @TIUEUZ
KIRISH IMTIHONLARI
Kirish imtihonlarini topshirish kerakmi?
Ha, o‘qishga kirish uchun universitetning ichki test sinovidan o‘tish talab qilinadi.
Imtihonlar abituriyentning bilim darajasini aniqlash va mos dastur tanlash uchun xizmat qiladi.
Imtihonga qaysi fanlar kiradi?
Kirish imtihonlari shakli tanlangan ta’lim tiliga bog‘liq.
Agar ta’lim o‘zbek yoki rus tilida bo‘lsa, quyidagi fanlardan test topshiriladi:
- matematika
- tanlangan ta’lim tili (o‘zbek yoki rus tili)
Testlar onlayn va oflayn shaklda o‘tkazilishi mumkin.
Agar siz ingliz tilida ta’lim olishni rejalashtirsangiz:
- xalqaro sertifikat (masalan, IELTS) mavjud bo‘lsa, imtihonsiz qabul qilinishingiz mumkin
- sertifikat bo‘lmasa, universitetning ichki ingliz tili imtihonidan (oflayn) o‘tishingiz kerak bo‘ladi
👉 Batafsil ma’lumot va imtihonga yozilish:
👉 Telegram: @TIUEUZ
Imtihonlarni topshirish qiyinmi?
Imtihonlar abituriyentning asosiy bilimlarini baholash uchun ishlab chiqilgan.
Maktab bilimlari yetarli bo‘lsa, qo‘shimcha murakkab tayyorgarliksiz ham muvaffaqiyatli topshirish mumkin.
IELTS’siz o‘qishga kirish mumkinmi?
Ha, mumkin.
Universitet ingliz tili bo‘yicha o‘z ichki imtihonini o‘tkazadi, shuning uchun IELTS sertifikati majburiy emas.
PEREVOD
Boshqa universitetdan ko‘chib o‘tish mumkinmi?
Ha, TIUE boshqa universitetlardan perevod asosida talabalarni qabul qiladi.
Bu universitet yoki yo‘nalishni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun yaxshi imkoniyatdir.
Perevod uchun qanday hujjatlar kerak?
Quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- akademik ma’lumotnoma
- ta’lim hujjatlari
- pasport
Shundan so‘ng o‘tilgan fanlar baholanadi.
Perevod jarayoni qanday amalga oshiriladi?
Hujjatlar topshirilgandan so‘ng universitet:
- o‘tilgan fanlarni tahlil qiladi
- ularni qayta hisoblash imkoniyatini aniqlaydi
- o‘qishni davom ettirish uchun mos kursni tavsiya qiladi
👉 Perevod shartlari:
👉 Telegram: @TIUEUZ
DIPLOM
O‘qishni tugatgandan keyin qanday diplom beriladi?
Bitiruvchilarga tanlangan ta’lim tiliga qarab diplom beriladi:
- o‘zbek yoki rus tilida o‘qigan talabalar davlat namunasidagi diplom oladilar
- ingliz tilida o‘qigan talabalar esa ikki diplomga ega bo‘ladilar:
- davlat namunasidagi diplom
- xalqaro OTHM diplomi
Diplom tan olinadimi?
Ha, diplom:
- ta’limni davom ettirish
- karyera qurish
- mutaxassislik bo‘yicha ishlash imkonini beradi
Bakalavriatdan keyin o‘qishni davom ettirish mumkinmi?
Ha, bakalavriatni tugatgandan so‘ng magistraturaga kirib, ta’limni davom ettirishingiz mumkin.
GRANTLAR / SCHOLARSHIPS
Grant yoki chegirmalar bormi?
Ha, TIUE universitetida grant dasturi mavjud bo‘lib, u talabaning akademik va ijtimoiy faolligiga qarab kontrakt summasini 10% dan 50% gacha kamaytirish imkonini beradi.
Qanday grant turlari mavjud?
Universitetda quyidagi grant formatlari mavjud:
- Premium — 50% chegirma
- Standard — 30% chegirma
- Progress — 10% chegirma
Chegirma miqdori talabaning o‘qishdagi natijalari va faolligiga qarab belgilanadi.
Kimlar grantga da’vogarlik qilishi mumkin?
Grant olish uchun quyidagi talablar mavjud:
- akademik qarzdorlik bo‘lmasligi
- semestr yakunlari bo‘yicha yuqori natijalar
- universitet loyihalari va tadbirlarida faol ishtirok
TALABALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH
Talabalar uchun yordam bormi?
Ha, universitet talabalarni qabuldan tortib bitiruvgacha barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlaydi.
Moslashishda yordam berasizlarmi?
Ha, yangi talabalar:
- moslashish
- ta’lim jarayonini tushunish
- o‘qishni qulay boshlash bo‘yicha yordam oladilar
Konsultatsiya olish mumkinmi?
Ha, siz quyidagi masalalar bo‘yicha konsultatsiya olishingiz mumkin:
- qabul
- ta’lim
- hujjatlar
👉 Bog‘lanish:
👉 Telegram: @TIUEUZ