O‘qishni ko‘chirish talablari
Ushbu talablar TIUEning barcha bakalavriat dasturlariga tatbiq etiladi hamda o‘qishni ko‘chirishni istagan talabalarning akademik natijalari va salohiyatini baholash uchun mo‘ljallangan.
Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?
O‘qishni ko‘chirish imkoniyati quyidagi talabalarga beriladi:
- istalgan mahalliy yoki xorijiy OTMda bir o‘quv yilini muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lsangiz;
- kunduzgi, sirtqi, masofaviy yoki kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan yoki o‘qigan bo‘lishingiz;
- bakalavriat dasturiga qabul qilingan yoki unda tahsil olayotgan bo‘lsangiz
O‘zbek va rus tillarida o‘qitiladigan dasturlar uchun — 2-kursga; ingliz tilida o‘qitiladigan dasturlar uchun — 1-kursga ko‘chirish mumkin.
Talabalar barcha o‘zlashtirilgan fanlar bo‘yicha akademik ma’lumotnoma (transkript) hamda o‘quv rejalari (dastur/modul tavsiflari)ni taqdim etishlari kerak.
TIUE talablariga javob beradigan hamda tan olingan International Foundation Programme (IFP) sertifikati yoki diplomiga ega bo‘lgan nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etgan yoki ichki kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda o‘qishga qabul qilinishi mumkin
Transkriptdagi fanlar/modullar bilan TIUE fanlari o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, Course Matching tizimi qo‘llaniladi.
Akademik transkriptingiz Course Matching tizimi asosida tahlil qilinadi.
Agar o‘tilgan fan mazmuni va hajmi TIUE dasturiga 60% yoki undan yuqori darajada mos kelsa, fan avtomatik ravishda tan olinadi. Siz faqat yangi bilimlarni o‘zlashtirishga e’tibor qaratasiz.
Fanlarni tan olish akademik dastur va fanlar muvofiqligi asosida amalga oshiriladi. Ayrim avval o‘tilgan fanlar tan olinmasligi mumkin. Har bir talaba uchun individual o‘quv rejasi tuziladi.
TIUE odatiy tartibdan farq qilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul (o‘qishni ko‘chirish) imkoniyatlarini taqdim etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Zarur hujjatlar
- Tahsil olayotgan universitetingizdan barcha o‘zlashtirilgan fanlar bo‘yicha (olingan baholar va kreditlar ko‘rsatilgan holda) akademik ma’lumotnomaning (transkriptning) asl nusxasi;
- yoki 12 yillik ta’limni tasdiqlovchi Diplom (ilovasi bilan) (9+3), yoki International Foundation Programme (IFP) dasturini muvaffaqiyatli tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat, yoki mahalliy/xorijiy universitetning 1-kursini tamomlaganlikni tasdiqlovchi hujjatt;
- Barcha o‘tilgan fanlar/modullar bo‘yicha o‘quv reja (dastur/modul tavsiflari);
- Ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID-karta);
- Qabul komissiyasi tomonidan talab qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa tegishli hujjatlar.
Hujjatlarni topshirish jarayoni
Universitetingizdan akademik ma’lumotnoma (transkript) oling
va +998 55 512 20 20 telefon raqami orqali yoki @Myedu_2020_bot Telegram-boti orqali biz bilan bog‘laning (dushanbadan shanbagacha, 09:30–17:30).
Hujjatlarni TIUEga
onlayn ariza orqali yoki universitet kampusiga shaxsan tashrif buyurib topshiring (Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Tuzel-2 massivi, Imom Buxoriy ko‘chasi).
Agar ayrim hujjatlar hali qo‘lingizda bo‘lmasa, kutmang — biz bilan bog‘laning. Ko‘p hollarda masalani tezda hal qilish mumkin.
Qabul komissiyasining qarorini kuting va o‘qishni ko‘chirishni rasmiylashtiring
Qabul komissiyasining qarorini kuting va o‘qishni ko‘chirishni rasmiylashtiring. Hujjatlaringiz 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va qayta hisobga olinadigan fanlar aniqlanadi. Amaldagi OTMingizdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq taqdim etilgach, TIUEga qabulingiz rasmiylashtiriladi.
Ariza topshirish muddatlari va o‘qish narxi
Topshirish muddatlari
Arizalar 2026-yil 1-fevraldan 31-avgustgacha qabul qilinadi.
Diqqat! Hujjatlarni imkon qadar erta topshirish tavsiya etiladi.
O‘qish narxi
O‘qish narxi tanlangan ta’lim dasturi va ta’lim shakliga bog‘liq. Batafsil ma’lumotni «O‘qish narxi» bo‘limida topishingiz mumkin.
Fanlar (modullar) bo‘yicha akademik farqlarni topshirish bepul amalga oshiriladi.
Diqqat
Agar abituriyent qabul yoki imtihon jarayonida yolg‘on ma’lumot taqdim etsa, soxta hujjatlardan foydalansa yoki firibgarlik sodir etganligi aniqlansa yoki bunga asosli shubha mavjud bo‘lsa, TIUE o‘qitish shartnomasini bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega. Mazkur qoida talaba universitetga qabul qilingandan keyin ham amal qiladi.
Ta’lim dasturlari
International Foundation Programme
Buxgalteriya hisobi va moliya (MSc)
Ta’lim muassasalarinining boshqaruvi (MSc)
Pedagogika nazariyasi va tarixi (MSc)
Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish
Biznesni boshqarish
Kiberxavfsizlik
Axborot texnologiyalari
Ma’lumotlar tahlili (Data Science) (MSc)
Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz va rus tillari)
Ta’limni boshqarish va yetakchilik (MSc)
Buxgalteriya hisobi va biznes
Amaliy matematika
Dastur tanlashda yordam kerakmi?
Maslahat oling va aynan sizga qaysi ta’lim yo‘nalishi mos kelishini bilib oling