LMS E-LIBRARY Jadval

Talabalarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini baholash universitetning tasdiqlangan akademik siyosati, o‘quv rejalari hamda har bir modul uchun belgilangan ta’lim natijalari (Learning Outcomes) asosida amalga oshiriladi.

Har bir modul bo‘yicha baholash mezonlari, baholash usullari, topshiriqlar, ularning ulushi hamda yakuniy bahoni shakllantirish tartibi semestr boshida modul sillabusi (Module Syllabus) orqali talabalarga e’lon qilinadi.

Universitetning tasdiqlangan akademik kalendariga muvofiq, har bir semestr yakunida (16–17-haftalarda) mazkur semestr davomida o‘qitilgan barcha modullar bo‘yicha yakuniy imtihon sessiyalari tashkil etiladi.

Talaba modulni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan deb e’tirof etilishi uchun ushbu modul bo‘yicha barcha majburiy topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarishi hamda yakuniy baholashda universitet tomonidan belgilangan minimal o‘tish talabini bajarishi lozim.

Universitet zarurat tug‘ilganda akademik halollik, baholash tartibi va imtihonlarni o‘tkazish bilan bog‘liq qoidalarni takomillashtirish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunday o‘zgartirishlar universitet tomonidan belgilangan tartibda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Barcha baholash mezonlari universitetning tasdiqlangan «Talabalar uchun qo‘llanma»si hamda ichki akademik nizomlariga muvofiq belgilanadi va qo‘llaniladi. Talabalar baholash jarayoni va imtihonlarga oid universitet tomonidan e’lon qilinadigan barcha rasmiy xabarlar hamda belgilangan talablarga amal qilishlari shart.