TIUE Scholarships — bu “Tashkent International University of Education” (TIUE) xalqaro universiteti tomonidan yuqori akademik natijalarga erishgan hamda universitetning ilmiy, ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etayotgan talabalarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan dasturdir.
Dastur doirasida talabalarga kontrakt to‘lovining bir qismi bo‘yicha chegirmalar taqdim etiladi.
TIUE Scholarships dasturida quyidagi talabalar ishtirok etishi mumkin:
- TIUEning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari;
- to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar;
- akademik qarzdorligi mavjud bo‘lmagan talabalar;
- intizomiy jazoga ega bo‘lmagan talabalar;
- akademik ko‘rsatkichi kamida 70 ball bo‘lgan talabalar.
TIUE Scholarships g‘oliblari quyidagi afzalliklarga ega bo‘ladilar:
- kontrakt to‘lovidan 10%, 30% yoki 50% chegirma;
- akademik faoliyatini yanada rivojlantirish imkoniyati;
- universitetning ilmiy va ijtimoiy loyihalarida faol ishtirok etish imkoniyati.
Barcha arizalar Hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholanadi. Natijalar universitetning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
To‘liq Nizom bilan universitetнинг rasmiy axborot vositalari (kanallari) orqali tanishishingiz mumkin.