“Tashkent International University of Education” (TIUE) xalqaro universiteti talabalari yuqori akademik natijalarga erishish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish hamda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish orqali O‘zbekiston Respublikasining nufuzli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etish imkoniyatiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari iqtidorli, izlanuvchan va faol talabalarni rag‘batlantirish hamda ularning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgan.
Nomli davlat stipendiyalariga quyidagi talabalar nomzod sifatida tavsiya etilishi mumkin:
- Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar;
- yuqori akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan talabalar;
- ilmiy yoki ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan talabalar;
- konferensiyalar, olimpiadalar va tanlovlarda faol ishtirok etayotgan talabalar;
- davlat tili va kamida bitta xorijiy tilni biladigan talabalar.
TIUE talabalari tasdiqlangan kvota asosida quyidagi davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etishlari mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi;
- Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi.
Nima uchun davlat stipendiyasi?
- yuqori akademik yutuqlaringizning e’tirofi hisoblanadi;
- ilmiy faoliyatingizni rag‘batlantiradi;
- professional portfoliongizni boyitadi;
- kelgusidagi akademik va kasbiy rivojlanishingiz uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Har oyda stipendiya sifatida talabaga qancha to‘lov bo‘ladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi uchun (bir oyda) – 2 410 695 so‘m
- Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi (bir oyda) – 1 607 130 so‘m
Davlat stipendiyalari bo‘yicha Nizom bilan universitetнинг rasmiy axborot vositalari (kanallari) orqali tanishishingiz mumkin.