BAKALAVRIAT

TA’LIM VA TA’LIM JARAYONLARINI BOSHQARISH

Birgalikda samarali ta’lim va muvaffaqiyatga!

DASTURNING MALAKAVIY MAQSADLARI

TIUEning «Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» dasturi o‘z kelajagini ta’lim va pedagogika sohalari bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan insonlarga mo‘ljallangan. Mazkur dasturning maqsadi keng doiradagi ta’lim tashkilotlarida kasbiy faoliyatni olib boradigan yuqori malakali mutaxassilarni tayyorlash uchun ta’lim menejmenti sohasi bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish hamda pedagogik kompetentsiyalarni rivojlantirishdan iborat.

«Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» sohasidagi bakalavriat dasturining o‘quv, uslubiy va ilmiy mazmuni ta’lim tashkilotining samarali faoliyatini ta’minlash uchun ta’lim va o‘quv jarayonlari analitikasi va ekspertizasi, rejalashtirish va boshqarish sohasidagi bilimlar va ko‘nikmalarni o‘stirishga yo‘naltirilgan turli modullarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu malaka 25 ta majburiy moduldan iborat bo’lib, ularning umumiy hajmi malaka olish uchun 480 ta kreditni tashkil etadi. Malaka kunduzgi o’qish shaklida uch o’quv yiliga mo’ljallangan. Malaka kunduzgi o’qish shaklida, ma’ruzalar, o’quv qo’llanmalar va seminarlar shaklida o’qitiladi.

USHBU DASTURNI TANLANISH SABABLARI

NAZARIY BILIM VA AMALIY KO'NIKMALAR

Ushbu dastur doirasida TIUE samarali ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ta’lim strategiyalarini ishlab chiqish inklyuzivlik va STEAM-ta’limning talablarini inobatga olgan holda o‘quv jarayonlarini rejalashtirish va ta’lim tizimlarini boshqarishda qo‘llaniladigan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga intiladi. Dastur ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar hamda ushbu sohada lider bo‘lishga intilayotganlar uchun mos keladi.

MALAKALI PROFESSOR-O’QITUVCHILAR JAMOASI

Mahalliy va xalqaro mutaxassislardan iborat bo‘lgan kuchli professor-o‘qituvchilar tarkibi amaliy ta’lim, ya’ni seminarlar, sayyor mashg‘ulotlar, mahorat darslariga alohida e’tibor qaratishadi. Bu ta’lim jarayoni barcha ishtirokchilarining qizg‘in faoliyatini va ta’lim sohasida ishlaydigan ekspert va professionallardan beqiyos tajribani o‘zlashtirishni ta’minlaydi.

TAN OLINGAN OLIY MA’LUMOT TO‘G‘RISIDAGI DIPLOMI

Bakalavriatni yakunlagach, bitiruvchilar muvofiq kasbiy tayorlovni olishadi, ikki tomonlama diplom mavjudligi (faqat ingliz tilida tahsil oluvchilar uchun) kelajak karyerada raqobatdosh ustunlikni va chet el mamlakatlarida ta’limni davom ettirish imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining 31-moddasiga binoan, litsenziyaga ega nodavlat oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining diplomlari O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat oliy ta’lim muassasalari diplomi bilan teng tan olinadi (https://lex.uz/uz/docs/-5013007, https://tiue.uz/, https://stat.edu.uz/Univer-list.php 8-band)

Ta’limni muvaffaqiyatli yakunlab, talabalar «Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» sohasida TIUEning bakalavr Diplomini va OTHM darajasi Diplomini (faqat ingliz tilida tahsil oluvchilar uchun) ega bo’ladilar.

KELAJAKDAGI karyera

Ta’lim davlat faoliyatining strategik sohasi va iqtisodiyotning jadallik bilan rivojlanayotgan tarmog‘i hisoblanadi, uning asosiy vazifasi – mamlakatning yanada taraqqiy etishi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash. Dasturning bitiruvchilari milliy va xalqaro darajada ta’limning davlat va xususiy sektorida turli bosqichlarda (maktabgacha, maktab, oliy, maktabdan tashqari, qo‘shimcha ta’lim va hokazo) kasbiy faoliyat olib borish uchun kerakli bilimlarga ega bo‘lishadi. O‘zlashtirilgan bilimlar va ko‘nikmalar ularga ta’lim boshqaruvi sohasida turli ma’muriy lavozimlarida hamda samarador pedagog sifatida ish faoliyatini olib borish uchun imkoniyat beradi.

Ishga joylashish mumkin bo’lgan mutaxassisliklar:

  • Uslubchi;
  • IT o’qituvchisi;
  • Maktabda o‘quv jarayoni mudiri;
  • Maktab yoki o’quv markazi direktori;
  • Ta’lim muassasalarida ma’muriy xodim;
  • Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha mutaxassis;
  • STEAM ta’limi va elektron pedagogika bo’yicha mutaxassis.

OTHM QUALIFICATION (Buyuk Britaniya)

OTHM – bu Buyuk Britaniyaning ta’lim malakalarini berish hamda “Ofqual” (Malakalar va imtihonlarni tartibga solish Boshqarmasi) tomonidan joriy etilgan tarib-qoidalar asosida ish yurituvchi tashkilot. OTHM turli yo‘nalishlar bo‘yicha Buyuk Britaniya malakalarini taqdim etuvchi butun dunyo bo‘yicha ko‘p sonli markazlar va universitetlar tarmog‘iga ega.
TIUE universiteti OTHM bilan butun dunyoda tan olingan Buyuk Britaniyaning malaka talablari bilan kengaytirilgan ta’limni taqdim etish bo‘yicha rasmiy shartnomaga ega. TIUE bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha maxsus dasturlarni taklif etadi va bu Britaniya standartlariga muvofiq ta’limni olish imkonini va ta’limning har bir tugatilgan yili bo‘yicha OTHM diplomini olish imkoniyatini beradi.
OTHM haqida ma’lumot https://othm.org.uk/ saytida mavjud.
Mavjud OTHM malakalari haqida ma’lumotni https://othm.org.uk/qualification havolasidan olishingiz mumkin

Ushbu dastur bo‘yicha tahsil olib, Siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:

  • Butun dunyo bo‘yicha OTMlarda ta’lim olishni davom ettirish uchun ko’proq mobillikni beruvchi OTHM dasturining har bir yili uchun diplomni olish;
  • Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarning top-universitetlarida magistratura dasturi yoki MBAda ta’limni davom ettirish uchun qulay imkoniyat;
  • OTHM tomonidan taqdim etilgan akademik dasturlar va o‘quv rejalar;
  • O‘quv jarayoni va imtihonlar OTHM tomonidan nazorat qilinadi.

Ta’lim tili – ingliz tili, oliy ma’lumot haqida diplom OTHM (Buyuk Britaniya) va TIUE tomonidan taqdim etiladi.

TA'LIM DASTURI

BIRINCHI KURS

Pedagogika, bilish nazariyalari va psixologiya sohalarida fundamental bilimlarni o‘zlashtirish, akademik yozuv va tadqiqot ko‘nikmalari hamda ta’lim sohasida analitika bo‘yicha bazaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. Milliy va xorijiy ta’lim tizimlari asoslarini, O‘zbekistonni jahon ta’lim makoniga integratsiyasini hamda ta’lim sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish imkoniyatlarini o‘rganish.

IKKINCHI KURS

Ta’lim psixologisi, ta’lim tadqiqotlari metodologiyasi, bilimlar va ko‘nikmalarni baholash, tizimli fikrlash, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda ta’limda boshqaruv faoliyat bilan tanishish. Bundan tashqari, boshqaruv va pedagogik faoliyat bo‘yicha bazaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun ta’lim muassasasida amaliyotni o‘tash ko‘zda tutilgan.

UCHINCHI KURS

Pedagogik menejment, bilimlarni baholashga strategiyalar va yondashuvlar, o‘quv materiallarni ishlab chiqish, inklyuziv ta’lim muhitini ta’minlash, multimedia texnologiyalardan foydalanish, elektron pedagogika imkoniyatlarini qo‘llash hamda zamonaviy STEAM-ta’lim metodologiyasini chuqur o‘rganish orqali o‘zlashtirilgan bilimlar va ko‘nikmalarni takomillashtirish. Ta’limda menejment ko‘nikmalari va pedagogik mahoratni rivojlantirish uchun amaliyotni o‘tash ko‘zda tutilgan.

Eslatma.
Universitet O‘quv rejaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega. O’quv reja ta’lim tiliga qarab farq qilishi mumkin. Ushbu dastur uchun sirtqi ta’lim shakli mavjud emas.

QABUL TALABLARI

O'qishning birinchi yiliga qabul

Kerakli hujjatlar:

  • Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
  • 3×4 o’lchamdagi fotosurat, oq fonda

Akademik talablar:

Ichki imtihondan muvaffaqiyatli o’tish:

matematika;

tanlangan ta’lim tili bo‘yicha tilni bilish (o‘zbek yoki rus yoki ingliz yoki IELTS 5.0 sertifikati va undan yuqori YOKI ekvivalenti) ichki imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish.

Ingliz tilidagi ta'lim dasturining ikkinchi kursiga (Year 1) qabul qilish uchun:

Kerakli hujjatlar:

  • 12 yillik (9+3) taʼlimni tasdiqlovchi hujjat (ilova bilan sertifikat/diplom) YOKI Xalqaro International Foundation (IFP) sertifikati YOKI mahalliy/xorijiy universitetning birinchi yilini tamomlaganligini tasdiqlovchi hujjat
  • Pasport / ID-identifikatsiya kartasi nusxasi
  • 5×5 o’lchamdagi fotosurat, oq fonda

Akademik talablar

Ichki imtihondan muvaffaqiyatli o’tish:

matematika;

tanlangan ta’lim tili bo‘yicha tilni bilish (o‘zbek yoki rus yoki ingliz yoki IELTS 5.5 sertifikati va undan yuqori YOKI ekvivalenti) ichki imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish.

TIUE dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun abituriyentlar FAQAT UNIVERSITETNING RASMIY SAYTI ORQALI ONLAYN ARIZANI TOPShIRIShLARI LOZIM (www.tiue.uz)

PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI Batafsil ma’lumot ›

PROFESSOR-O’QITUVCHILAR TARKIBI Batafsil ma’lumot ›

Rauf Rustamovich Bekbayev, 
«Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» kafedrasi mudiri
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi – O‘zbekiston Milliy universiteti, 2023y.

Kamola Uskanbayevna Saidova,
«Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» kafedrasi professori,
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi – O‘zbekiston Milliy universiteti, 2022y.

Shaxzoda Yoqubjon qizi Mamajonova,
«Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» kafedrasi o’qituvchisi,
Psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasi – O‘zbekiston Milliy universiteti, 2023y.

Rufina Arturovna Davidova,
«Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» kafedrasi o’qituvchisi,
Falsafa tarixi mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasi – O‘zbekiston Milliy universiteti, 2023y.

O'quv yili uchun

O'QISH UCHUN TO'LOV

*) Xorijiy talabalar O‘zbekiston hududida ta’lim uchun to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan to‘lov kuni holatida belgilangan kurs bo‘yicha AQSh dollarida amalga oshirishadi. O‘zbekiston hududidining tashqarisida to‘lov AQSh dollarida belgilangan summada amalga oshiriladi.

Agar Siz dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan lider bo‘lishga intilayotgan bo‘lsangiz, «Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» dasturiga ariza topshiring.

Kunduzgi ta'lim

O'QUV REJA