Notice: Trying to access array offset on value of type null in /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-content/mu-plugins/index.txt on line 1 Call Stack: 0.0001 360888 1. {main}() /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/index.php:0 0.3425 363792 2. require('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-blog-header.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/index.php:19 0.3426 364176 3. require_once('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-load.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-blog-header.php:13 0.3426 364240 4. require_once('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-config.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-load.php:50 0.3426 365648 5. require_once('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-settings.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-config.php:83 0.4217 11629296 6. include_once('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-content/mu-plugins/index.php') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-settings.php:442 0.4218 11630312 7. include('/volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-content/mu-plugins/index.txt') /volume1/WebSites/tmp.tiue.uz/wp-content/mu-plugins/index.php:1 YURIDIK HUJJATLAR - Tashkent International University of Education

YURIDIK HUJJATLAR

“Taskent International University of Education” Xalqaro universitetining huquqiy hujjatlar sahifasiga xush kelibsiz. Bizning maqsadimiz tashrif buyuruvchilarga universitetimiz bilan bog‘liq muhim huquqiy ma’lumotlar va hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini yaratishdir.

Bu yerda Siz universitet hayotining turli jihatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar, qoidalar, litsenziyalar va ruxsatnomalar bilan, jumladan, qabul jarayoni, oʻquv dasturlari, talaba huquqlari va majburiyatlari va boshqa hujjatlar bilan tanishasiz.

Biz shaffoflik va jamiyatimiz aʼzolari universitetimiz muhitini shakllantiradigan qoidalar va tartiblar haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishini ta’minlash tarafdorimiz.

Kerakli huquqiy hujjatlarga kirish uchun ushbu sahifani ko‘rib chiqing va savollaringiz bo‘lsa yoki qo‘shimcha yordam kerak bo‘lsa, biz bilan bog‘laning.

Shuningdek, bu yerda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq oshkor etilishi shart bo‘lgan universitet haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

“TASHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY OF EDUCATION” Xalqaro universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “TASHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY OF EDUCATION” xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 23-iyundagi 404-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan (https://lex.uz/docs/- 4866410).

Quyidagi havola orqali siz “TASHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY OF EDUCATION” Xalqaro universiteti Ustavi bilan tanishishingiz mumkin.

TA’LIM TILLARI
 : INGLIZ / O‘ZBEK / RUS

Universitetda ta’lim O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini inobatga olgan holda, universitet va uning xorijiy hamkori tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Universitetning ta’lim faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarorida belgilangan barcha talablarga to‘liq javob beradi.

“TASHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY OF EDUCATION” Xalqaro universiteti oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun vakolatli davlat organining litsenziyasiga ega. 2024-yil 30-Iyul  331829-sonli litsenziya.

Universitet vakolatli davlat organining maktabdan tashqari tayyorgarlik kurslari va xorijiy tillar bo‘yicha faoliyatini amalga oshirish to‘g‘risidagi ruxsatnomasiga ega. 16.02.2023-yil,  ruxsatnoma raqami 063972.

Ilmiy va innovatsion faoliyat, tadbirlar, joriy loyihalar, yosh olimlar uchun imkoniyatlar, nashr etilgan ilmiy tadqiqot natijalari, shuningdek, ularni amalga oshirish bo‘yicha tadqiqot bazasi haqida ma’lumotlar quiydagi sahifada keltirilgan.

Universitet o’zining “ACTA EDUCATION” ilmiy jurnaliga ega (actaeducation.uz)Ro‘yxatga olish raqami 122187 30.08.23.

TIUE talabalari uchun stipendiya dasturlari, ijtimoiy yordam haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolani bosing.

Turar joy mavjudligi va o‘rinlar soni, shuningdek, taqdim etilgan turar joy uchun to’lov miqdori haqida ma’lumot quiydagi sahifada keltirilgan.

Quiydagi sahifada professor-o‘qituvchilar tarkibi hamda ularning ilmiy salohiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.