TIUE kafedra mudiri PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

Tashkent International University of Education “Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish” kafedrasi mudiri Rauf Bekbaev O’zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengashida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilganini faxr bilan e’lon qiladi.

Rauf Bekbaevning “Rene Genon va uning an’anaviylik va madaniyatlararo muloqot sintezidagi o’rni (komparativistik tahlil)” mavzusidagi dissertatsiyasi 09.00.03 – Falsafa tarixi ixtisosligi bo’yicha bajarilgan va falsafiy komparativistika, madaniyatlararo falsafa va ana’anaviylik falsafasining nazariy-metodologik jihatlariga bag’ishlangan.

Ushbu dissertatsiya barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar, shu jumladan siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik, pedagogika kabi uchun dolzarb ahamiyatga ega.

Tashkent International University of Education jamoasi Rauf Bekboyevni ushbu salmoqli yutug‘i bilan tabriklaydi va uning kelajakdagi ilmiy izlanishlar yo‘lida muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildiradi.