«Tashkent International University of Education» xalqaro universiteti «Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» 2-kurs UE22-01 guruh talabalari Yashnobod tumanida joylashgan 255-sonli umumta’lim maktabida amaliyot o‘tishmoqda.
Amaliyot davomida talabalar maktab boshqaruvi tizimining o‘rganish uchun direktor o‘rinbosarlariga biriktirilib, ularning ish faoliyatini va maktabdagi o‘quv jarayonini batafsil o‘rganishmoqda. Ushbu asosida har bir talaba nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashmoqda hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatga oid zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.
«Tashkent International University of Education» xalqaro universiteti Yashnobod tumani 255-sonli umumta’lim maktabiga universitet talabalari amaliyoti uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirmoqda!