TIUE xalqaro universiteti Huawei Tech Carnival & Partner Summit 2024 da!

Tashkent International University of Education rektori Xoʻjaev Nosir Nodirovich 13-15-may kunlari Ozarbayjondagi Baku shahrining Konferensiya markazida boʻlib oʻtadigan Huawei Tech Carnival & Partner Summit 2024 da ishtirok etmoqda.

Sammitda sanoat intellektini tezlashtirishni hisobga olgan holda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda sanoatni rivojlantirishning yangi imkoniyatlari muhokama qilinadi. Quyidagi mavzular taqdim etiladi: smart ta’lim, intellektual ta’limning transformatsiyasi, ta’lim sohasini raqamlashtirish. Bundan tashqari, raqamli ta’limning dolzarb muammolari va istiqboldagi yo‘nalishlari haqida ochiq munozara o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar yangi AKT mahsulotlari va yechimlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, shuningdek, soha rahbarlari va ekspertlari bilan kelajakdagi biznes imkoniyatlarini muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi🤝