Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti tomonidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan kadrlarni tayyorlash sohasidagi hamkorlik memorandumi asosida umumta’lim maktablarining 110 nafar informatika va axborot texnologiyalari hamda kasbiy ta’lim (IT) fani o‘qituvchilari uchun 2024 yilning 15-19-aprel kunlari malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Mazkur malaka oshirish kurslari Beeline Uzbekistan kompaniyasi homiyligida tashkil qilinadi hamda ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok etgan barcha o‘qituvchilarga sertifikatlar topshiriladi.