TIUE har bir ota-ona kabi farzandlari kelajagi haqida qayg‘uradi!

Endi Siz sayt va havolalar orqali  bo‘sh ish o‘rnlarini qidirmaysiz!
Qanday qilib deysizmi?
2024-yil 17-aprel kuni Navro‘z saylida ishtirok etasiz va nufuzli tashkilot xodimiga aylanasiz!
Biz shu kuni universitet bitiruvchilari uchun “Job fair” tashkil qilamiz va unga O‘zbekistondagi nufuzli banklar, aloqa kompaniyalari, “Korzinka biznes” kabi yirik supermarketlar tarmog‘i, davlat va nodavlat tashkilotlari, Uzcard, Coca-cola, Artel va boshqa nufuzli ish beruvchi kompaniyalar vakillarini taklif qilamiz.
Yetuk mutaxassis sifatida o‘zingizni namoyon qiling va orzuingizdagi tashkilot xodimiga aylaning!
Biz birgamiz- Biz bir oilamiz!