Olimpiada g‘oliblari munosib taqdirlandi!

TIUE rektori olimpiadasida yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilarni rag‘batlantirish maqsadida 22 nafar o‘quvchilarga universitetda taʼlim olish uchun 20% hamda 30%lik grantlar va universitetning esdalik sovg‘alari;
Olimpiadaning 1-o‘rin g‘olibi uchun 100% ta’lim granti hamda noutbuk , 2-o‘rin g‘olibi uchun 75% ta’lim granti hamda planshet va 3-o‘rin g‘olibi uchun 50% ta’lim granti hamda mobil telefon  universitet tomonidan mukofot sifatida taqdim etildi.

Shuningdek, olimpiadada ishtirok etib 50 ball va undan yuqori natijaga erishgan barcha ishtirokchilar uchun universitetga imtixonsiz qabul qilish imkoniyati taqdim etildi.
“TASHKENT INTERNATIONAL UNIVERSITY OF EDUCATION” xalqaro universiteti barcha ishtirokchilarga kelajakda o‘zlari tanlagan kasbning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlari uchun o‘qish va ishlarida omad tilaydi, shuningdek, Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga va barcha maktab rahbarlariga yoshlarni kasbga yo‘naltirishda hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida hamkorligi uchun minnatdorchilik bildiradi!