“TOSHKENT XALQARO TA’LIM UNIVERSITETI” Xalqaro universiteti va Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rtasida kadrlar tayyorlash sohasida HAMKORLIK MEMORANdumi imzolandi.
Hamkorlik doirasida yuqori kasbiy bilim va ko‘nikmalarga, ijodkorlikka, tashabbuskorlik va mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega, strategik fikrlovchi salohiyatli kadrlarning yangi avlodini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
✔️ umumta’lim maktablarining informatika va axborot texnologiyalari, kasb-hunar ta’limi o‘qituvchilarining malakasi va kasbiy mahoratini oshirish;
✔️ TIUE Xalqaro universitetida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarida mahalliy universitet koordinatorlari sifatida qatnashib, maxsus sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
✔️ umumta’lim maktablarida TIUE Xalqaro universitetiga tayyorgarlik kurslarini tashkil etish;
✔️ TIUE Xalqaro universitetida umumta’lim maktablarining bitiruvchi talabalari uchun seminar va treninglar tashkil etish;
✔️ Xalqaro TIUE universiteti bitiruvchilarini “shogirdlik tamoyillari” asosida tajribali maktab o‘qituvchilari tarkibiga biriktirish va shu orqali ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojini qoplashga ko‘maklashish;
✔️Boshqa savollar.