Hozirgi kunda yoshlar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – bu o’z imkoniyatlari, qiziqishlari va qobiliyatlariga mos va hos kasb tanlash. Hozirda umumta’lim maktablarining bitiruv sinf o’quvchilari oldida aynan shunday mas’uliyatli vazifa turibti.

TIUE Xalqaro universitetining talabalari tomonidan “Kelajakga ilk qadam” mavzusida maktab o’quvchilari bilan uchrashuvlar tashkillashtirildi.

Tadbir doirasida TIUE xalqaro universitetining axborot texnologiyalari va biznes boshqaruvi fakultetlarining talabalari Yashnobod tumanidagi 23,30,231,339 sonli maktablarning bitiruv sinflari o’quvchilari bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida talabalar universitetdagi o’quv jarayonlari haqidagi bilimlari bilan bo’lishdilar, shuningdek IT va biznes sohasidagi faoliyatlari va tajribalari to’g’risida so’zlab berishdi.

Yashnobod tumanidagi umumta’lim maktab o’quvchilari bilan uchrashuvlar davom etmoqda.