TIUE va IT Investments Center yoshlarga xalqaro frilans platformalar orqali qanday qilib pul ishlashni oʻrgatish uchun kuchlarni birlashtirdi

Tashkent International University of Education (TIUE) va IT Investments Center axborot texnologiyalarini rivojlantirish va yoshlarga xalqaro frilanser platformalarida pul ishlashlari uchun taʼlim olish imkoniyatlarini taqdim etish boʻyicha hamkorlikni rivojlantiradi.

Oʻzaro hamkorlik Tashkent International University of Educationa rektori Nosir Xoʻjaev va IT Investments Center bosh direktori Abduvali Xaydarov oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash bilan rasmiylashtirildi.

Hamkorlik doirasida tomonlar axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda talabalarni frilanser faoliyati uchun zarur koʻnikmalar bilan qurollantirish va ularning daromad olishi uchun shart-sharoit yaratishni maqsad qilganlar. Bu tashabbus nafaqat yoshlar mavqeyini mustahkamlash, balki ularning bandligini taʼminlash, IT-xizmatlari eksportini rivojlantirishga hissa qoʻshishga qaratilgan.

TIUE va IT Investments Center talabalarni oʻqitish uchun frilanserlarni jalb qiladi. Tomonlar maqsadi talabalarga raqamli iqtisodiyotda muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur boʻlgan tegishli bilim va koʻnikmalarni berishdir.

Tomonlar talabalarga zamonaviy texnologiyalar va innovatsion platformalardan foydalanish imkoniyatini beruvchi amaliy taʼlimga eʼtibor qaratadi.

Bu esa talabalarga xalqaro frilans platformalarda ishlashning zamonaviy vositalari va usullarini oʻzlashtirish imkonini taqdim etadi. Bu hamkorlik Oʻzbekiston yoshlari uchun yangi istiqbollarni ochib, ularga axborot texnologiyalari sohasida oʻqish va daromad olish imkonini beradi. Yoshlar oʻz koʻnikmalarini rivojlantirish, amaliy tajriba orttirish va jahon frilanser bozorlarida qoʻllash imkoniyatiga ega boʻladi. Bunday hamkorlik raqamli iqtisodiyotni mustahkamlash va Oʻzbekistonning jahon IT-sanoatida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.