Talabalar o’qishlarini Tashkent International University of Educationga ko’chirishlari mumkin

Tashkent International University of Education (TIUE) mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalaridan o’qishlarini ko’chirishlari uchun arizalar qabul qilishni boshladi. Bu talabalarga o’qishlarini TIUEda davom ettirish imkoniyatini beradi.

O’qishni ko’chirish uchun arizalar https://transfer.tiue.uz/login/index.php sayti orqali 2023-yilning 31-avgustigacha onlayn tarzda qabul qilinadi.

TIUE barcha qiziqqan talabalarni o’z arizalarini belgilangan muddatgacha topshirishga va o’zlarining ilmiy va kasbiy ko’nikmalarini yanada rivojlantirish uchun ushbu imkoniyatdan foydalanishga undaydi.

O’qishlarini TIUEga o’tkazish uchun talabalar hozirgi universitetda o’tgan barcha fanlar bo’yicha akademik transkript va pasport yoki ID karta taqdim etishlari lozim.

Agar akademik transcriptda aniqlangan TIUE krediti miqdorida 60 tagacha yoki uchtagacha fan doirasida farq mavjud bo‘lsa unga “TIUE”da farq qilgan fanlarni qayta topshirishga imkoniyat yaratiladi.

Agar 60 dan ortiq TIUE krediti yoki uchta fan miqdorida farq bo‘lsa, Universitet uni alohida ko‘rib chiqishga haqli.