“Tashkent international university of education” xalqaro universiteti rektori olimpiadasi

       “Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligi doirasida 2024-yilning 5-6-mart kunlari iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni  qo‘llab-quvvatlash va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Tashkent International University of Education xalqaro universiteti rektori olimpiadasi” tashkil etildi.

      Olimpiadada Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining 201 nafar 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, matematika va ingliz tili fanlaridan o‘zaro bilimlarini sinadilar.

      Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

      1-o‘rin uchun – noutbuk  hamda universitetda bir o‘quv yilida o‘qish uchun 100% lik grant;

      2-o‘rin uchun – planshet hamda universitetda bir o‘quv yilida o‘qish uchun 75% lik grant;

      3-o‘rin uchun – mobil telefon hamda universitetda bir o‘quv yilida o‘qish uchun 50% lik grant;

      4-14-o‘rinlar uchun – universitetning esdalik sovg‘alari hamda bir o‘quv yilida o‘qish uchun 30% lik grant;

      15-25-o‘rinlar uchun – universitetning esdalik sovg‘alari hamda bir o‘quv yilida o‘qish uchun  20% lik grant taqdim etiladi.

      Barcha sovrindorlar (1-25-o‘rin egalari) TIUE xalqaro universitetiga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

      Izoh: Olimpiada Nizomiga asosan, yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib o‘rinlar uchun bir nechta ishtirokchilarning ballari teng bo‘lgan taqdirda, matematika fanidan test natijalari bo‘yicha ko‘p ball to‘plagan ishtirokchi ustunlikka ega bo‘ladi, agar test natijalari ham teng bo‘lsa, murakkab test topshiriqlar bo‘yicha ko‘p ball to‘plagan o‘quvchi ustunlikka ega bo‘ladi.

      Hurmatli ishtirokchilar, “Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti barchangizga olimpiadada qatnashganingiz uchun minnatdorchilik bildiradi va jamoamiz Sizga o’qishingizda yanada muvaffaqiyatlar, hayotda katta yutuqlarga intilish, maqsadlaringizga erishish, yangi bilim olish va kasbiy tajribangizni oshirishni tilaydi.

      *Shuningdek, Universitet ma’muriyati barcha ishtirokchilarning yuqori bilim va intellektual salohiyatiga hurmat bildirgan holda 50 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilarni “Tashkent International University of Education” xalqaro universitetiga KIRISH IMTIHONLARISIZ qabul qilishga tayyor ekanligini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi!

      Olimpiada natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

      Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Tashkiliy qo‘mitaga +99 890 933-30-23 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

HUJJATLARNI TAQDIM ETISH

VIDEONI KO’RING
HUJJATLARNI QANDAY TAQDIM ETISh KERAK