Hamkorlikda muvaffaqiyat: “UNIVERSITI SAINS MALAYSIA” (Malayziya) universiteti bilan muzokaralar

2024-yil 14-mart kuni “Tashkent International University of Education” (TIUE) Xalqaro universitetida dunyoning yetakchi universitetlaridan biri “UNIVERSITI SAINS MALAYSIA” (Malayziya) vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Universitetlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jumladan, bakalavriyat, magistratura va doktorantura yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma dasturlarni tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlari va turli loyihalarni amalga oshirish, jumladan, talabalar va oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Universitetlar o’rtasidagi ushbu hamkorlik universitetning akademik va ilmiy salohiyatining ufqlarini kengaytiradi, universitet va uning talabalari uchun yangi imkoniyatlar va istiqbollarni ochadi!