“Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti  “Rektor olimpiadasi”ning final bosqichi natijalarini e’lon qilamiz.

“Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti  “Rektor olimpiadasi”ning final bosqichi natijalarini e’lon qilamiz.

       “Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti tomonidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining xorijiy tillar hamda aniq fanlardan iqtidorli bo‘lgan o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida tashkil qilingan “Rektor olimpiadasi”ning birinchi bosqichida jami 12 786 nafar 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga 10%-50% ta’lim grantlari taqdim etildi.

         Olimpiadaning final bosqichi joriy yilning 23-28-aprel kunlari TIUE universitetida tashkil etildi, unda ishtirokchilar bilimlari, tahliliy fikrlash qobiliyati hamda ijodiy yondashuvlarini namoyon etdilar. Olimpiada yakunida ingliz tili va matematika fanlaridan eng kuchli bilimga ega bo‘lgan ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

        Taqdirlash marosimi joriy yilning 25-may kuni olimpiada g‘oliblarining maktablarida tashkil qilinadigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda olimpiada g‘oliblariga 21 000 000 so‘mgacha ta’lim granti va qimmatbaho sovg‘alar hamda fan o‘qituvchilariga esdalik sovg‘alari topshirilishi rejalashtirilgan.

      Quyidagi ro‘yxatda “Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti  “Rektor olimpiadasi”  go‘liblari hamda talabalikka tavsiya etilgan ishtirokchilar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

INGLIZ-TILI link MATEMATIKA link