Professor va o’qituvchilar uchun bo’sh ish o’rinlari

Tashkent International University of Education Xalqaro universitetiga professor-o’qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif etadi!

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 404-sonli qaroriga asosan Tashkent International University of Education (TIUE) Xalqaro universiteti faoliyati yo’lga qo’yilgan.TIUE yuqori bilim, amaliy tajriba hamda ilmiy darajaga ega bo’lgan, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni kafedra mudiri, professor-o’qituvchi tarkibiy lavozimlariga ishga taklif etadi.

  • Talabgor xodimlar tanlov asosida saralanib, ishga qabul qilinadi.
  • TIUE universitetiga ishga kirish uchun nomzodlarga talablar:

Kamida Magistr (yoki diplomli mutaxassis) darajaga ega bo’lishi. Ilmiy daraja (PhD, DSc) yoki ilmiy unvonga (dosent, professor), shu jumladan, TOP-1000 talikka kirgan Universitetida Magistr yoki PhD darajasini olganlik afzallik beradi;

  • Kafedra mudiri lavozimiga ilmiy darajaga ega bo’lish talab etiladi.

Ingliz tilida fanlardan dars berishi uchun C1 darajasidan kam bo’lmagan milly yoki unga tenglashtirilgan xalqaro darajadagi sertifikat;

  • Yo`nalishidagi chuqur bilim va malakaga ega bo`lishlik;
  • Kamida 1 yil universitetda dars berish stajiga ega bo’lishi afzallik beradi;
  • Darsdan tashqari ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish istagi bo’lishi;
  • TOP-1000 talikka kirgan universitetlarda dars berish, stajirovka yoki postdoktorantura o’tagan, dars berish tajribasiga ega bo`lish afzallik beradi;

Ish sharoiti:

  • Moslashuvchan ish jadvali;
  • Universitet hududida qulay ofis;
  • Zamonaviy jihozlarga ega o’quv xonalar va labaratoriyalar;
  • Ahil jamoa;

Bepul malaka oshirish treninglari.

Tashkent International University of Education universitetiga ishga kirish istagida bo’lgan va yuqoridagi talablarga javob bera oladigan nomzodlar quyidagi hujjatlarni info@tiue.uz ga jo’natish.

  • CV (Resume)
  • Ma’lumotnoma (ob’ektivka);
  • Chop qilingan ilmiy ishlar ro’yxati;
  • Ishtirok etgan Ilmiy loyihalar, grantlar haqida ma’lumotlar;
  • Diplom nusxalari;

TIUE ta’lim yo’nalishlari va o’qitiladigan fan (modul)lar haqida ma’lumotlar:

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +998 55 503-38-33 / ichki raqam: 1111