Biznesni boshqaruvi dasturi bitiruvchilarni biznesni boshqarish va yuritishga tayyorlash uchun mo’ljallangan. Ushbu dasturning maqsadi o‘ziga ishongan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, biznesni rivojlantirish va boshqarishni tushunadigan, shuningdek, o‘zgarishlarga tez moslashish ko‘nikmalariga ega kelajak yetakchilarini tayyorlashdan iborat.
Mazkur dastur xususiy yoki davlat sektorida faoliyatini boshlagan yoki boshlashni rejalashtirganlar uchun mos keladi. Biznesni boshqarish dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar magistratura dasturida o‘qishni davom ettirishlari yoki kelajakda ishga joylashish uchun malakalarini oshirish imkoniyatini beradi.
Mazkur dastur xususiy yoki davlat sektorida faoliyatini boshlagan yoki boshlashni rejalashtirganlar uchun mos keladi.
Biznes boshqaruvi yoʻnalishi dasturi bitiruvchilari oʻz faoliyatlarini sohaga oid turli martabalarda davom ettirish imkoniyatini yaratgani uchun siz ushbu dasturni tanlashingiz kerak. Biznes boshqaruvi darajasi katta moslashuvchanlikni taklif etadi hamda moliya, buxgalteriya hisobi, menejment, inson resurslari, marketing va boshqa shu kabi sohalarda faoliyat yuritish imkoniyatlarini yaratadi. Bundan tashqari, siz biznes boshqaruvi boʻyicha dars berishni boshlashingiz mumkin. Bu imkoniyatlarning barchasi, sizning netvorking koʻnikmalaringiz va qoʻshimcha sertifikatlar va kurslardan ishtirok etishingiz bilan birga, sizning professional faoliyatingizda oʻsishga olib kelishi mumkin.
Kuchli raqobatbardosh biznes dunyosida kuchli rahbarlar doimo talabga ega. Biznesni boshqaruvi yoʻnalishida tahsil olayotgan vaqtingizda ega boʻladigan koʻplab koʻnikmalardan biri bu yetakchilikdir. Boshqalarni biznes yoki tashkilot taraqqiyotiga hissa qoʻshishga undash muvaffaqiyat uchun juda muhimdir. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagandan soʻng siz samarali muloqot qila olasiz, turli biznes muammolarini tahlil qilish va hal qilish uchun tanqidiy fikrlashni qoʻllay olasiz, hamda global va moliyaviy muammolarni zamonaviy biznes bilan bogʻlay olasiz.
Yuqorida aytib oʻtilgan yetakchilik qobiliyati muloqot ko’nikmalari bilan birga keladi. Agar siz yaxshi yetakchi boʻlsangiz, siz samarali muloqot qiladigan shaxssiz. Biznesni boshqarish darajasi orqali siz faol tinglash, qatʼiyatlilik, turli nuqtai nazarlarni hisobga olish, ijobiy tildan foydalanish va boshqa muloqot koʻnikmalarini oʻrganasiz. Siz, masalan, mahsulotlarni taqdim etish yoki muzokaralar olib borishda qanday muloqot qilishni bilib olasiz. Bundan tashqari, siz tashkilotingiz ichida xodimlaringiz bilan samarali muloqot qila olasiz.
Biznes boshqaruvini oʻrganishga yana bir sabab — bu qoʻshimcha koʻnikmalarga ega boʻlishingizdir, misol uchun netvorking koʻnikmalari. Biznesda netvorking boshqa ishbilarmonlar bilan muloqot qilish va ulardan oʻzaro manfaat olish demakdir.
Biznes menejmentini dasturida tahsil olayotgan vaqtingizda, siz netvorking turlari, ulardan qanday foydalanish va ulardan qanday foyda olish haqida bilib olasiz. Shunday qilib, siz maʼruza, konferensiya yoki seminarda ishtirok etayotganizda, qanday harakat qilishni biladigan boʻlasiz. Turli xil netvorking strategiyalarini rejalashtirish va amalga oshirish orqali siz oʻz biznesingizni katta muvaffaqiyatga yetaklaysiz.
Biznes menejmenti darajasiga ega boʻlganingizda, siz ishga joylashish uchun keng imkoniyatlarga ega boʻlasiz va bu sizning ushbu sohada ilmiy darajaga ega boʻlishingizning eng muhim sabablaridan biridir. Biznes boshqaruvida siz turli sohalarda, jumladan menejment, moliya, inson resurslari, marketing, savdo va mijozlar bilan munosabatlarda ishlashingiz uchun biznes boshqaruvining barcha asoslarini oʻrganasiz.
Shuningdek, siz magistratura yoki boshqa daraja va dasturlarda taʼlim olishni davom ettirish orqali ishga joylashish imkoniyatini yanada oshirishingiz mumkin. Yoki siz oʻz biznesingizni boshlashingiz mumkin.
Biznes boshqaruvi yoʻnalishini oʻrganish nafaqat turli kasblarni tanlash imkoniyatini beradi, balki oʻz biznesingizni boshlash uchun bilim va koʻnikmalarni ham beradi.
Tanqidiy fikrlash, qaror qabul qilish, samarali muloqot qilish, potensial biznes imkoniyatlarini aniqlash, moliya, menejment, marketing va boshqalar kabi koʻnikmalar oʻz biznesingizni boshlashga yordam beradi.
Bugungi biznes dunyosida ishbilarmon odamning eng muvaffaqiyatli fazilatlaridan biri bu ijodkorlikdir. Biznes menejmenti darajasiga ega boʻlsangiz, ish joyingizda ijodiy boʻlish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Bundan tashqari, biznes boshqaruvi darajasi sizga yangi biznesni rejalashtirish, loyihalash va boshlash imkonini beradi.
Business Administration
Duration: Four or three academic years
Language: English, Uzbek & Russian
Study Mode: Full-time, Evening, Extramural
Birinchi bosqich uchun qabul shartlari
Kerakli hujjatlar:
Akademik talablar:
o’zbek yoki rus;
Ingliz tili YOKI IELTS 5.0 yoki undan yuqori sertifikat YOKI ekvivalentini taqdim etish;
Ikkinchi bosqich uchun qabul shartlari
Kerakli hujjatlar:
Akademik talabalar
o’zbek yoki rus;
Ingliz tili YOKI IELTS 5.0 yoki undan yuqori sertifikat YOKI ekvivalentini taqdim etish;
Agar Siz dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartiruvchi yetakchi boʻlishni istasangiz, Taʼlim va taʼlim jarayonlari boshqaruvi dasturimizga murojaat qiling.