Tashkent International University of Educationda ta’lim olish katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Bitiruvchimiz Samandar Tursunov bunga yorqin misol. Bugun u dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri – Huaweida ishlab, o’z salohiyatini xalqaro maydonda ro’yobga chiqarmoqda.
Samandar o’z muvaffaqiyatining poydevori TIUEda qo’yilganiga ishonadi: zamonaviy bilimlar, o’qituvchilarning qo’llab-quvvatlashi va amaliy yondashuv unga karyera cho’qqilariga erishishga yordam berdi.
Biz har bir bitiruvchimiz bilan faxrlanamiz, ularning yutuqlari keyingi avlod talabalariga ilhom beradi!