Tashkent International University of Education Xalqaro universiteti ishga taklif etadi!

Tashkent International University of Education Xalqaro universiteti ishga taklif etadi!

Tashkent International University of Education (TIUE) Xalqaro universiteti faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 404-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

TIUE “iqtisodiyot va biznes” kafedrasi mudiri lavozimiga ishga taklif etadi.

Talabgor xodimlar tanlov asosida saralanib, ishga qabul qilinadi.

TIUE universitetiga ishga kirish uchun nomzodlarga talablar:

  • Kafedra mudiri lavozimiga ilmiy darajaga (Phd, DSc) yoki ilmiy unvonga (dotsent, professor) ega bo’lish talab etiladi.
  • Yo`nalishidagi chuqur bilim va malakaga ega bo`lishlik;
  • Kamida 3 yil universitetda dars berish stajiga ega bo’lish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish istagi bo’lishi;
  • TOP-1000 talikka kirgan universitetlarda dars berish, stajirovka yoki postdoktorantura o’tagan, dars berish tajribasiga ega bo`lish afzallik beradi;

Ish sharoiti:

  • Moslashuvchan ish jadvali;
  • Universitet hududida qulay ofis;
  • Zamonaviy jihozlarga ega o’quv xonalar va labaratoriyalar;
  • Ahil jamoa;
  • Bepul malaka oshirish treninglari.

Tashkent International University of Education universitetiga ishga kirish istagida bo’lgan va yuqoridagi talablarga javob bera oladigan nomzodlar quyidagi hujjatlarni info@tiue.uz ga jo’natish kerak bo’ladi:

  • CV (Resume)
  • Ma’lumotnoma (ob’ektivka);
  • Chop qilingan ilmiy ishlar ro’yxati;
  • Ishtirok etgan Ilmiy loyihalar, grantlar haqida ma’lumotlar;
  • Diplom nusxalari;