1-fevral kuni Tashkent International University of Education (TIUE) va Yangi O’zbekiston universiteti talabalari o’rtasida do’stona futbol uchrashuvi bo’lib o’tdi.
TIUE talabalari mehmonlarni iliq kutib olishdi va maydonda qiziqarli kurash ro’y berdi. Futbolchilar a’lo darajadagi texnika, jamoaviy ruh va g’alabaga intilishni namoyish etishdi. ⚽️
O’yin 4:5 hisobida yakunlandi, ammo asosiy natija hisob emas, balki ikki universitet talabalari o’rtasidagi do’stlik va sport birdamligi bo’ldi.