20-fevral kuni Tashkent International University of Educationda,

Joriy yilning 20-fevral kuni Tashkent International University of Educationda, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar Agentligi hamda Yashnobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda, tumandagi maktablarining 11-sinf o’quvchilari o’rtasida mini-futbol Sport turi bo’yicha saralash va final o’yinlari bo’lib o’tdi. Murosasiz davom etgan bellashuvlarda jamoalar a’lo darajadagi tayyorgarlik, matonat va chinakam sport ruhini namoyish etdilar! ⚽️

Sovrindor o’rinlar quyidagicha taqsimlandi:
🥇 1-o’rin – 227-maktab
🥈 2-o’rin – 339-maktab
🥉 3-o’rin – 204-maktab

Barcha ishtirokchilar qimmatbaho sovg’alar, sovrinlar va TIUEdan tahsil olish uchun maxsus chegirma vaucherlari bilan taqdirlandilar.