Yotoqxona

Tashkent International University of Education Abdulla Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini yoʻlga qoʻyish Ilmiy-tadqiqot instituti bilan tuzilgan shartnomaga asosan talabalar uchun yotoqxona taqdim etadi.

TIUE talabalari Abdulla Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini yoʻlga qoʻyish ilmiy-tadqiqot instituti yotoqxonasidan arzon narxlarda foydalanishlari mumkin.

Yotoqxona manzili

Ziyo koʻchasi, 6-uy.

Olmazor tumani,

Toshkent shahri

Talabalarga xizmat ko’rsatish: 9:00-17:00

Xizmat telefon raqami: +99897 4493833

Email: ssd@tiue.uz

Yotoqxonada mavjud xonalar soni cheklanganligini unutmang. Universitet barcha talabalarni turar joy bilan taʼminlash imkoniyatiga ega emas. Turar joy birinchi murojaat qilgan talabalarga navbat asosida taqdim etiladi.

Universitetga oʻqishga qabul qilinish toʻgʻrisida bildirishnoma olgan yangi talabalar universitet tomonidan belgilangan sana, vaqt va tartibda xonalarni oldindan band qilishlari kerak.