Toshkentda 2024 yilning 15 fevralida ООО «Tashkent International University of Education» (TIUE) va ООО «Tashkent Metropolitan University» (TMU) hamkorligi to’g’risidagi shartnoma imzolandi. Rektor TIUE N.N. Xodjayev va TMU rektori B.SH. Djalilov tomonidan o’quv muassasalari o’rtasidagi o’zaro aloqalar qanday yo’nalishda rivojlanishi haqidagi hujjat imzolandi.
Shartnomaga binoan tomonlar birgalikda ta’lim dasturlari va loyihalarini rivojlantirish, hamkorlikdagi anjumanlar va seminarlar o’tkazish majburiyatiga ega.
Shartnomaning eng muhim qismlaridan biri – bu
TMU talabalari International Foundation Diploma for Higher Education Studies dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganlaridan keyin TIUE bakalavriatining 1 bosqichiga o’qishga qabul qilinishi haqidagi qaror.
Ushbu kelishuv ikki universitet orasidagi hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashda muhim qadam bo’lib, ularning ta’lim va fan sohasini rivojlantirishdagi umumiy harakatlarini aks ettiradi