Tashkent International University of Educationda Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni yoshlarga tushuntirish boʻyicha kampaniya davom etmoqda.
Mazkur kampaniya doirasida 26 aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, yuridik fanlar doktori Nugʻman Nugʻmonov oliy oʻquv yurti talabalari uchun Konstitutsiya loyihasi boʻyicha maʼruza qildi.
Taqdimotda Nugʻmon Nugʻmonov talabalarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar, taklif etilayotgan moddalar mazmun-mohiyati, ularning jamiyat taraqqiyoti va mamlakatning rivojlanishidagi oʻrni haqida soʻzlab berdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning yangi Konstitutsiyasi boʻyicha referendum 2023-yil 30-aprelda boʻlib oʻtadi. Shu nuqtai nazardan, yoshlar ushbu oʻzgarishlarning ahamiyatini anglashi, oʻz mamlakati kelajagini shakllantirishda ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega.
Yangi Konstitutsiya boʻyicha referendum Oʻzbekiston tarixidagi eng muhim voqealardan biri boʻladi. Binobarin, Konstitutsiya loyihasini muhokama qilish va tushuntirish ishlari jamiyatning barcha qatlamlarida, jumladan, yoshlar oʻrtasida ham davom ettirilishi kerak.