TIUEda xalqaro mutaxassisdan master-klass

Joriy yilning 25 yanvar kuni Tashkent International University of Education universitetida taklif etilgan ma’ruzachi, «Artel Electronics» MChJ Xalqaro kommunikatsiyalar bo‘limi rahbari xonim Eleonor Kramers master-klass o‘tib berdi.

Mazkur master-klass professor Alessio Skarito olib boradigan «21 asrda yetakchilik» fakultativ doirasida o‘tkazildi.