TIUEda qabul imtihonlari har kuni tashkil etiladi

Tashkent International University of Education barcha abituriyentlar uchun qulaylik yaratish maqsadida har kuni (dushanbadan jumagacha) qabul imtihonlarini oʻtkazishni boshlaydi.

Abituriyentlar apply.tiue.uz veb-sayti orqali onlayn ariza to‘ldiradilar. Ariza TIUE tomonidan ma’qullangandan so‘ng abituriyentlar imtihon topshirish uchun dushanbadan juma kunlari soat 9:30 dan 15:00 gacha o’zlari uchun qulay vaqtda TIUE kampusiga imtihon topshirishga tashrif buyurishlari kerak.

Barcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha imtihonlar matematika va tanlangan taʼlim tili (oʻzbek, rus yoki ingliz) fanlari boʻyicha oʻtkaziladi. Imtihonlar – BEPUL!

Ushbu yangilik abituriyentlarga imtihon topshirish uchun qulay sana va vaqtni tanlash imkoniyatini beradi. Endi talabalar qabul jarayonini o‘z vaqtlariga moslashlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, “Axborot texnologiyalari”, “Biznes menejmenti”, “Taʼlim va ta’lim jarayonlarini boshqarish” yoʻnalishlari, shuningdek, International Foundation dasturi boʻyicha hujjatlarni qabul qilish 2023-yil 31-avgustgacha davom etadi.