Joriy yilning 3-oktyabr kuni Tashkent International University of Education xalqaro universitetida 2023-2024 oʻquv yili boshlanishi munosabati ORIENTATION DAY tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda joriy oʻquv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari hamda universitet maʼmuriyati hamda professor-pedagogik jamoasi ishtirok etdi.

Tadbirni, universitet rektori Nosir Xodjayev tadbirni ochib berdi. Oʻz nutqida rektor talabalarga universitetda yaratilgan sharoitlar, oʻquv jarayoni, talabalar uchun ichki tartib va odob-axloq qoidalari, imtihonlarni tashkil qilish va oʻtkazish masalalari yuzasidan maʼlumot berdi.

Tadbir yakunida talabalarni oʻzaro tanishtirish hamda ular oʻrtasida doʻstona munosabatlarni shakllantirish maqsadida trening mashgʻulotlari tashkil etildi. Talabalar universitet binosi va hududi bo‘ylab ekskursiyalarda ham qatnashdilar.

Shuningdek, shu kuni “Beeline Uzbekistan” va Tashkent International University of Education (TIUE) oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida universitetda tashkil etilgan “Beeline Academy”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda, Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjey Malinovski ishtirok etdi.

Universitet negizida tashkil etilgan “Beeline Academy”da Oʻzbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirishda bevosita ishtirok etayotgan sohaga yoshlarni jalb qilish hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun IT-mutaxassislarini tayyorlashga koʻmaklashish rejalashtirilgan.