TIUEda mahorat darsi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 16 fevral kuni “Tashkent International University of Education” xalqaro universitetida “Biznes menejment” kafedrasi o’qituvchisi Karimova Maftuna Nuriddinovnaning tashabbusi bilan “Boshqaruvchi marketinggi” moduli bo‘yicha “Korxona va tashkilotlarda nizo va stresslarni boshqarish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mahorat darsini Toshkent davlat agrar universiteti “Agroiqtisodiyot” kafedrasi dotsenti Holmuhamedova Zeboxon Babaxanovna olib bordilar. Mazkur dars davomida talabalarga korxonalarda nizo va stressli vaziyatlarning sabab va oqibatlari hamda ularni boshqarish va bartaraf etish yo‘llariga oid turli ma’lumotlar yoritib berildi.

Bo‘lib o‘tgan master-klassda nafaqat Biznes-boshqaruvi yo‘nalishi, balki Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish yo‘nalishi talabalari ishtirok etishi. Talabalar o‘z sohasi bo‘yicha yangi ko‘nikma va