TIUE va O‘zbekiston Fintech Assotsiatsiyasi: Innovatsiyalar olamida yangi hamkorlik

Joriy yilning 12 fevral kuni TIUE va O‘zbekiston Fintech assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Mazkur tadbir qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, seminarlar, konferensiyalar va biznes-forumlar tashkil etishga keng yo‘l ochib beradi. Maqsad – moliyaviy texnologiyalar va investitsiyalar sohasida ilg’or tajriba va bilimlarni rivojlantirish va almashishga ko’maklashish.

Assotsiatsiyaning hamkorlari UZINFOCOM, Uzcard, Uzum, FinExtra, USAID, YeTTB va boshqa kompaniya va tashkilotlardir.

Hamkorlikning birinchi qadami TITU talabalarining elektron tijorat ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha seminarda ishtirok etishi bo‘yicha kelishuv bo‘ldi. Batafsil ma’lumot tez orada e’lon qilinadi.

TIUE va O‘zbekiston Fintech Assotsiatsiyasi – Innovatsiyalarni haqiqatga aylantirish