Joriy yilning 27 yanvar kuni Tashkent International University of Education “Taʼlim va taʼlim jarayonlarini boshqarish” yoʻnalishi ikkinchi bosqich talabasi Dilrabo Irgasheva ushbu yoʻnalishning sirtqi boʻlimi birinchi bosqichda tahsil olayotgan talabalar uchun mahorat darsi oʻtib berdi.
Mahorat darsi “Zamonaviy maktabda pedagogning roli” moduli boʻyicha “Kelajak maktablari” mavzusida olib borildi.
Mazkur dars talabalarning pedagogik koʻnikmalari va qobiliyatlarini, ularda zamonaviy maktab va uning rivoji istiqbollari hamda maktab taʼlimining asosiy muammolari va tendensiyalari haqida tasavvurni shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Mahorat darsi davomida binar maʼruza metodi hamda turli pedagogik oʻyinlar, muammoli bahs-munozaralar oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan mahorat darsi natijalari boʻyicha “Taʼlim va taʼlim jarayonlarini boshqarish” yoʻnalishi sirtqi boʻlim talabalari yangi bilimlar va koʻnikmalarga ega boʻlishdi, oʻz oʻquv tajribasini boyitishda.