TIUE sirtqi dasturlarda tahsil olayotgan talabalar uchun oʻqish toʻlovlarini pasaytirdi

Tashkent International University of Education (TIUE) 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab barcha sirtqi taʼlim dasturlari uchun toʻlov miqdorini qisqartirilganini mamnuniyat bilan eʼlon qiladi.

2023-2024 oʻquv yilidan boshlab sirtqi taʼlim dasturlarida taʼlim narxi bir oʻquv yili uchun 18 million soʻmdan 14 million soʻmgacha pasaytirildi.

Shuni taʼkidlab oʻtamizki, sirtqi boʻlim talabalari uchun taʼlim toʻlovi miqdorining pasaytirishi oʻtgan oʻquv yillari uchun toʻlov miqdorining qayta hisoblashiga olib kelmaydi.

Eslatib oʻtamiz, TIUE abituriyentlar uchun “Axborot texnologiyalari” va “Biznesni boshqarish” yoʻnalishlarida sirtqi taʼlim dasturlarini taklif etadi. Eslatib oʻtamiz, qabul 2023-yil 31-avgustgacha davom etadi. Hujjatlar apply.tiue.uz sayti orqali onlayn tarzda topshirilishi mumkin. TIUEga oʻqishingizni koʻchirish uchun transfer.tiue.uz sayti orqali hujjatlarni topshirish mumkin.

Oʻquv tili: oʻzbek va rus.

Oʻqish muddati 4 yil.

Kirish imtihoni — 2 fandan (matematika va oʻzbek yoki rus tili)! Imtihon bepul!

Kelajagingizni #TIUE bilan boshlang? ?

Litsenziya №054806

Manzil.