2023-yilning 7-iyul kuni Tashkent International University of Education (TIUE) rektori Nosir Xo‘jayev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Digital Leadership Uzbekistan 2023 xalqaro forumida ishtirok etdi.
Digital Leadership Uzbekistan 2023 forumi IT-ta’lim sohasidagi jadal rivojlanayotgan va dolzarb innovatsiyalar bilan tanishish uchun noyob imkoniyatdir.
Xususan, Nosir Xo‘jayev nufuzli xorijiy tashkilotlar va universitetlar rahbarlari ishtirokida IT-ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan EdTech Session tadbirida ishtirok etdi.
Mazkur sessiya ta’limning innovatsion uslublarini o‘rganish, O‘zbekistondagi IT-ta’lim salohiyatini oshirish, yetakchi davlatlar mutaxassislari o‘rtasida tajriba va bilim almashish, yoshlarni kelajak texnologik ko‘nikmalariga mos ravishda ta’lim berish, shuningdek, IT ta’lim tizimidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratilgan.
Sessiya doirasida AQSh, Germaniya, Hindiston, Bangladesh, Janubiy Koreya va Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan xalqaro ekspertlarning taqdimotlari va panel muhokamalarida o‘zaro tajribalar almashildi.
Eslatib oʻtamiz, Tashkent International University of Educationda Axborot texnologiyalari fakulteti mavjud. Taʼlim oʻzbek, ingliz va rus tillarida olib boriladi.