TIUE 2-kurs talabalari amaliyot jarayonidan lavhalar

TIUE 2-kurs talabalari amaliyot jarayonidan lavhalar

«Tashkent International University of Education» xalqaro universiteti «Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» 2-kurs RE22-01 guruh talabalari Toshkent shahri Yashnobod tumani 30-sonli va Shayxontohur tumani 34-sonli umumta’lim maktablarida amaliyot o‘tishmoqda.

Amaliyot davomida talabalar maktab boshqaruv tizimini hamda o’quv jarayonini batafsil o‘rganishmoqda. Ushbu asosida har bir talaba nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashmoqda hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatga oid zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.

«Tashkent International University of Education» xalqaro universiteti Yashnobod tumani 30-sonli va va Shayxontohur tumani 34-sonli umumta’lim maktablariga universitet talabalari amaliyoti uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildirmoqda!