Joriy yilning 23- 25 aprel kunlarida Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida «Milliy qadriyatlar sayli» doirasida adabiy-maʼrifiy haftalikning ochilish marosimi bo’lib oʻtdi.

Tadbirda Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari tomonidan folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi, buyuk ajdodlarimizning qalamiga mansub gʻazal, sheʼr va ruboiylar aytildi, kuy-qoʻshiqlar jarangladi, kitoblar koʻrgazmasi oʻtkaziladi. Shuningdek, respublikamizning barcha hududlari kesimida milliy urf-odatlar, anʼana va qadriyatlari tarannum etildi.
Ushbu tadbirda, «Tashkent International University of Education» xalqaro universiteti O`zbekiston jahon tillari universiteti bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatining milliy taomlari, urf-odatlari, anʼana va qadriyatlarini namoyon etdilar.