International Foundation talabalari OTHM diplomlarini qoʻlga kiritdilar

Tashkent International University of Educationda OTHM Level 3 Foundation Diploma for Higher Education Studies, OTHM Level 4 Diploma in Information Technology va Business Management diplomlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tashkent International University of Education rektori Nosir Xodjaev International Foundation dasturi hamda biznes boshqaruv va axborot texnologiyalari bakalavriat yoʻnalishlarining birinchi bosqichini muvaffaqiyatli tugatgan talabalarga diplomlarni topshirdi.

OTHM Qualification diplomlari Tashkent International University of Educationning jami 88 nafar talabasiga topshirildi.

OTHM Qualification malakalar beruvchi tashkilotidir. U Ofqual (Malaka va imtihonlar organi) tomonidan tartibga solinadi hamda Qualifications Wales tomonidan tan olinadi.

OTHM malakasi bitiruvchilarga Buyuk Britaniyadagi universitetlarga va Oʻzbekistondagi ushbu tashkilot diplomini tan oladigan universitetlarga oqishga kirish imkoniyatini beradi.

“International Foundation dasturi bitiruvchilarini oʻqishlarini muvaffaqiyatli yakunlaganlari bilan tabriklayman hamda ularga yangi imkoniyatlar va yutuqlarga toʻla porloq kelajak tilayman! Eslatib oʻtaman, Tashkent International University of Educationda 33 nafar talaba tahsil olmoqda. Qolgan talabalarga oliy oʻquv yurtlariga kirishda omad tilayman”, — dedi TIUE rektori Nosir Xodjaev.

Tashkent International University of Education va OTHM Qualification oʻrtasida 2021-yilda hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan. TIUE akkreditatsiyadan oʻtgan OTHM malaka instituti boʻlib, International Foundation dasturini taklif qiladi. International Foundation dasturi boʻyicha taʼlim ingliz tilida olib boriladi.