Hurmatli SIRTQI boʻlim talabalari diqqatiga

TIUE maʼmuriyati 2024-yil 29-apreldan boshlab mashg’ulotlar jadvaliga muvofiq sirtqi taʼlim talabalari uchun universitetda oʻquv sessiyasining boshlanishini eʼlon qiladi.
Mashg’ulotlar jadvali tiue.edupage.org/timetable/ sayti orqali 2024-yil 25-aprel kuni e’lon qilinadi.
   Universitetdan ish joyiga rasmiy xat taqdim etish uchun Rasul Rustamov (@tiuead) bilan bogʻlanib, quyidagi maʼlumotlarni taqdim etishingizni soʻraymiz:
– F. I. SH.
– Oʻquv kursi, yoʻnalishi
– Talabaning telefon raqami
– Tashkilot nomi