TIUEning «Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» dasturi o‘z kelajagini ta’lim va pedagogika sohalari bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan insonlarga mo‘ljallangan.
Mazkur dasturning maqsadi keng doiradagi ta’lim tashkilotlarida kasbiy faoliyatni olib boradigan yuqori malakali mutaxassilarni tayyorlash uchun ta’lim menejmenti sohasi bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish hamda pedagogik kompetentsiyalarni rivojlantirishdan iborat.
«Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» sohasidagi bakalavriat dasturining o‘quv, uslubiy va ilmiy mazmuni ta’lim tashkilotining samarali faoliyatini ta’minlash uchun ta’lim va o‘quv jarayonlari analitikasi va ekspertizasi, rejalashtirish va boshqarish sohasidagi bilimlar va ko‘nikmalarni o‘stirishga yo‘naltirilgan turli modullarni o‘z ichiga oladi.
Ta‘lim tili: o‘zbek/rus
Ta‘lim shakli: Kunduzgi ta‘lim: dushanba-shanba.
O‘qishni tamomlagandan so‘ng, Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish bo‘yicha bakalavr darajasi (TIUE) diplomi beriladi.
Malakaning tuzilishi quyidagilardan iborat
Malaka uchun jami 480 kredit bo’lgan 27-30 ta majburiy modul.
O’qish muddati :
Eslatma.
Universitet O‘quv rejaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega. O’quv reja ta’lim tiliga qarab farq qilishi mumkin. Ushbu dastur uchun sirtqi ta’lim shakli mavjud emas.
|
|
O‘qish davomiyligi (o‘quv yili) |
To’lov-kontrakt miqdori | |||
O‘ZBEK VA RUS TILIDAGI DASTURLAR | INGLIZ TILIDAGI DASTURLAR | |||||
Mahalliy talabalar uchun (ming so’m) |
Xorijlik talabalar uchun (USD) |
Mahalliy talabalar uchun (ming so‘m) |
Xorijlik talabalar uchun (USD) |
Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish | Kunduzgi | 4 | 18 000 | 1 400 | 25 000 | 2 000 |
*) Xorijiy talabalar O‘zbekiston hududida ta’lim uchun to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan to‘lov kuni holatida belgilangan kurs bo‘yicha AQSh dollarida amalga oshirishadi. O‘zbekiston hududidining tashqarisida to‘lov AQSh dollarida belgilangan summada amalga oshiriladi.
Kerakli hujjatlar:
Akademik talablar:
Ichki imtihondan muvaffaqiyatli o’tish:
matematika;
tanlangan ta’lim tili bo‘yicha tilni bilish (o‘zbek yoki rus yoki ingliz yoki IELTS 5.0 sertifikati va undan yuqori YOKI ekvivalenti) ichki imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish.
TIUE dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun abituriyentlar FAQAT UNIVERSITETNING RASMIY SAYTI ORQALI ONLAYN ARIZANI TOPShIRIShLARI LOZIM (www.tiue.uz)
Agar Siz dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan lider bo‘lishga intilayotgan bo‘lsangiz, «Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» dasturiga ariza topshiring.