Joriy yilning 25 yanvar kuni Tashkent International University of Education universiteti «Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» yo‘nalishi 2-kurs talabalari tomonidan mazkur yo‘nalishning 1-kurs talabalari uchun master-klass o‘tkazishdi.
Master-klassni RE2-01 guruhi talabalari Jasmin Yusupjanova va Orifxo‘ja Maxmudxo‘jayev «Zamonaviy maktabda pedagogning roli» modulidan «Kelajak maktablari» mavzusida olib borishdi.
Ushbu master-klass talabalarning pedagogik ko‘nikmalarini rivojlantirishga hamda 1 va 2 kursda tahsil oluvchilar o‘rtasida o‘zaro aloqani shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Master-klass davomida “binary” maʼruza usuli qoʻllanildi, unda taʼlim sohasidagi boʻlajak menejerlar birinchi kurs talabalarini milliy taʼlim tizimini rivojlantirishning hozirgi tendensiyalariga mos keladigan zamonaviy maktablarda innovatsiyalar va eng yangi texnologiyalarni joriy etish xususiyatlari bilan tanishtirdilar.