TIUE nimasi bilan o‘ziga xos?
«Tashkent International University of Education» (TIUE) xalqaro universitetida biz har bir talaba o‘zining ta’lim, rivojlanish va muvaffaqiyatga erishish yo‘lini topa oladigan muhit yaratishga intilamiz.
Bizning qadriyatlarimiz – bilimlarni amalda qo‘llashga yo‘naltirilgan har tomonlama zamonaviy ta’lim berish, shuningdek, o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va bitiruvchilar jamoasida erkin fikr almashishni ta’minlashdir. Biz insonlar hayotini o‘zgartirish va muvaffaqiyatga yetaklash qudratiga ega bo‘lgan ta’lim kuchiga ishonamiz.
-
Innovatsiyalar madaniyati
Kelajak noodatiy fikrlay oladiganlarga tegishli. TIUEda innovatsiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
- Biz sizga zerikarli mashqlar o‘rniga haqiqiy muammolarni hal qilishni taklif etamiz
- Siz ilg‘or texnologiyalar va ilmiy-tadqiqot loyihalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
- Boshqalar muammo deb bilgan joylarda imkoniyatlarni ko‘rishni o‘rganasiz
-
Ustunlikka intilish
Biz yetarli deb hisoblanganidan qanoat qilmaymiz. O‘qituvchilarimiz har bir talaba hayotida mukammallikka intilish ajralmas qismga aylanadigan muhitni yaratadi. Bizning ta’lim muassasamizda asosiy mutaxassislik fanlaridan tashqari quyidagilarni o‘rganasiz:
- Tizimli fikrlash va to‘g‘ri savollar berish ko‘nikmasini
- O‘z nuqtai nazaringizni himoya qilib, munozaralarda faol ishtirok etishni
- Bilimga intilishni rivojlantirishni, bu esa sizning asosiy raqobatbardosh ustunligingizga aylanadi
-
Muvaffaqiyat va kasbiy o‘sish
Muvaffaqiyatimizning asosiy ko‘rsatkichi talabalarimizning erishgan yutuqlaridir.
- Biz martaba zinapoyalaridan ishonch bilan ko‘tariladigan bitiruvchilarni tayyorlaymiz.
- Talabalarimiz mehnat bozorida tezda moslashishga yordam beradigan amaliy ko‘nikmalarga ega.
- Bitiruvchilarimiz mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislardir
-
Xilma-xillik
TIUEda turli madaniyatlar va hayotiy tajribaga ega talabalar noyob ta’lim ekotizimini yaratadi. Bu shunchaki nomigagina xalqaro universitet emas, balki shunday joyki, bu yerda:
- Turli madaniyatlar va dunyoqarashlar olamiga sho‘ng‘ish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
- Xalqaro jamoalarda samarali ishlashni o‘rganasiz
- Dunyoning istalgan nuqtasida kasbiy faoliyat yuritish uchun zarur kompetensiyalarni egallab olasiz
-
Innovatsiyalar madaniyati
TIUEda biz talabalarimizning muvaffaqiyatli karyera va hayotga tayyor bo‘lishiga intilamiz, imtihon ballari esa ikkinchi o‘rinda turadi.
- Siz mehnat bozorida talab qilinadigan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
- O‘qish davomidayoq kelajakda foydali bo‘ladigan kasbiy aloqalarni o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
- O‘qishni tugatgach, darhol ishlashni boshlash yoki o‘z biznesingizni yaratish uchun to‘liq tayyor bo‘lasiz.
-
Sizning kelajagingiz shu yerdan boshlanadi
TIUE jamoasiga qo‘shiling — bu shunday joyki, bu yerda ta’lim qiziqarli sarguzashtga aylanadi! Bu yerda siz nafaqat diplom olasiz, balki o‘z yo‘nalishingizni topasiz, iste’dodlaringizni ochib berasiz va tez o‘zgarayotgan dunyoda muvaffaqiyatli karyera qurish uchun tayyorgarlik ko‘rasiz.
TIUEning bir qismi bo‘ling — kelajagingiz uchun cheksiz imkoniyatlarni ochib oling!
Ariza berish