2024-yil 26-dekabrda Tashkent International University of Educationda

2024-yil 26-dekabrda Tashkent International University of Educationda informatika o’qituvchilari uchun malaka oshirish kursi o’z yakuniga yetdi. Ushbu kurs Beeline Uzbekistan va Xalq Ta’limi Bosh Boshqarmasi ko’magida tashkillashtirildi.

5-dekabrdan 26-dekabrgacha bo’lib o’tgan dastur quyidagi asosiy mavzularni qamrab oldi:
O’quv materiallarini yaratishda neyron tarmoqlar va sun’iy intellektdan foydalanish.
Kibergigiena asoslari va ma’lumotlarni himoya qilish.
Ta’limda zamonaviy raqamli texnologiyalar.

Ushbu kurs pedagoglarning professional ko’nikmalarini rivojlantirishga muhim hissa qo’shdi. Sizning mehnatingiz va ishtiyoqingiz uchun rahmat, barcha qatnashchilarni kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlari bilan tabriklaymiz!