TIUE yuqori bilim, amaliy tajriba hamda ilmiy darajaga ega bo’lgan, yuqori malakali ilmiy xodimlarni “Biznes menejment” kafedrasi mudiri lavozimiga ishga taklif etadi.
Talabgor xodimlar tanlov asosida saralanib, ishga qabul qilinadi.
TIUE universitetiga ishga kirish uchun nomzodlarga talablar:
- Kafedra mudiri lavozimiga ilmiy darajaga ega bo’lish talab etiladi.
- Professor-o’qituvchi lavozimiga kamida Magistr (yoki diplomli mutaxassis) darajaga ega bo’lishi. Ilmiy daraja (PhD, DSc) yoki ilmiy unvonga (dosent, professor), shu jumladan, TOP-1000 talikka kirgan Universitetida olingan Magistr yoki PhD darajasi afzallik beradi;
- Ingliz tilida fanlardan dars berishi uchun C1 darajasidan kam bo’lmagan milly yoki unga tenglashtirilgan xalqaro darajadagi sertifikat;
- Yo`nalishidagi chuqur bilim va malakaga ega bo`lishlik;
- Kamida 1 yil universitetda dars berish stajiga ega bo’lish;
- Darsdan tashqari ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish istagi bo’lishi;
- TOP-1000 talikka kirgan universitetlarda dars berish, stajirovka yoki postdoktorantura o’tagan, dars berish tajribasiga ega bo`lish afzallik beradi;
Ish sharoiti:
- Moslashuvchan ish jadvali;
- Universitet hududida qulay ofis;
- Zamonaviy jihozlarga ega o’quv xonalar va labaratoriyalar;
- Ahil jamoa;
- Bepul malaka oshirish treninglari.
Tashkent International University of Education universitetiga ishga kirish istagida bo’lgan va yuqoridagi talablarga javob bera oladigan nomzodlar quyidagi hujjatlarni info@tiue.uz ga jo’natish kerak bo’ladi:
- CV (Resume)
- Ma’lumotnoma (ob’ektivka);
- Chop qilingan ilmiy ishlar ro’yxati;
- Ishtirok etgan Ilmiy loyihalar, grantlar haqida ma’lumotlar;
- Diplom nusxalari;
TIUE ta’lim yo’nalishlari va o’qitiladigan fan (modul)lar haqida ma’lumotlar:
https://tiue.uz/uz/axborot-texnologiyalari-3/
https://tiue.uz/uz/biznes-boshqaruvi-2/
https://tiue.uz/uz/talimni-boshqarish-2/