O‘zbek va rus tillarida o‘qitiladigan bakalavriat yo‘nalishlariga abituriyentlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) Abituriyentlar maktab, akademik litsey yoki kollej bitiruvchisi bo‘lishi kerak.
b) Bakalavriat yoki magistratura bosqichini bitirgan shaxslar ham ma’lumotini tasdiqlovchi diplomini taqdim etishlari shart.
c) Abituriyentlar umumiy oʻrta taʼlim, litsey yoki kollej diplomi (11-sinf) dan algebra yoki matematika fanidan 4 yoki undan yuqori ballga ega boʻlishi kerak.
d) Barcha ariza beruvchilar 2022-yil 31-dekabrgacha kamida o‘n olti (16) yoshga to‘lishi kerak.
e) Agar mahalliy yoki xorijiy universitetlarning talabalari o’qishlarini “TIUE”ga o’tkazmoqchi bo’lsalar, ular universitet akkreditatsiyasi va o’qish davrida o’qigan fanlari bo’yicha ma’lumot xatini taqdim etishlari kerak (dastur/modul deskriptorlari).
f) Ariza beruvchilar pasport yoki shaxsiy guvohnoma nusxasini taqdim etishlari kerak.
g) Ariza topshirishdan oldin uch (3) oy ichida olingan oq fonli 5×5 oʻlchamdagi fotosurat taqdim etilishi kerak.
h) ichki kirish imtihonidan o’tishi kerak.