Tashkent International University of Education (TIUE) da yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Tashkent International University of Educationda yangi o‘quv yili 2023-yil 3-oktabrda boshlanadi.
Seminarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifatini yanada oshirish uchun o‘quv jarayonini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tashkent International University of Education rahbariyati professor va o‘qituvchilarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi. Bayram dasturxoniga universitet professor-o‘qituvchilari taklif etildi.